Ayollarga nisbatan zo`ravonlikka barham berishga qaratilgan 16 kunlik tadbir (25 noyabr)

 

“Har bir inson xotin-qizlarga qarshi zo`ravonlikning oldini olish, uni butunlay yo`q qilishga mas'uldir, buning uchun, avvalambor, ayollarni kamsitishga yo`l qo`yuvchi qarashlardan voz kechish lozim”.                                                                                                                BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun

Umumiy ma'lumot

O`zining 1999 yilning 17 dekabr kunida qabul etilgan 54/134 raqamli qarori bilan BMTning Bosh Assambleyasi 25 noyabr kunini Xalqaro Ayollarga nisbatan zo`rovonlikka barham berish kuni deb e'lon etib, barcha hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, nodavlat tashkilotlarni mazkur kunda jamoatchilikni ushbu dolzarb muammo haqida xabardor etishga bag`ishlangan tadbirlarni tashkillashtirishga chaqirdi.

Ayollar huquqini himoyalovchi faollar 25 noyabr kunini ayollarga qarshi tajovvuzlarni butkul yo`q qilish kuni sifatida 1981 yildan beri nishonlab keladi. Mazkur sananing nishonlanishi 1960 yilda Dominikan Respublikasining rahbari Rafael Truxilio (1930-1961) buyrug`i bilan inson huquqlari himoyachilari – uch Mirabal opa-singillarining vahshiyona o`ldirilishidan keyin odatga kirgan.

1993 yilning 20 dekabr kunida BMT Bosh Assambleyasi 48/104 raqamli qarori bilan Ayollarga qarshi zo`ravonlikka barham berish to`g`risidagi deklarasiyasini joriy etdi.

Ushbu sana nimaga muhim?

• Ayollarga nisbatan zo`ravonlik qilish inson huquqlarini buzishdir

• Ayollarga nisbatan zo`ravonlik ayollarni kamsitishning oqibatida sodir bo`ladi, bunday kamsitishlar qonunda, amaliyotda, jamiyat ichida erkak va ayol o`rtasidagi tengsizlik tufayli sodir bo`lishi mumkin

• Ayollarga nisbatan zo`ravonlik ko`plab sohalardagi o`sish va yuksalishni to`xtatib turuvchi hodisa bo`lib, u qashshoqlikka barham berish, OIV/OITSga qarshi kurash, dunyoda tinchlik va xavfsizlikni o`rnatish yo`lida katta to`siqlarni tug`diradi

• Ayol va qizlarga nisbatan zo`ravonlik – bu oldini olib bo`lmaydigan holat emas. Buning oldini olish mumkin va shartdir

• Ayollarga nisbatan zo`ravonlik hanuz butun dunyoda keng tarqalgan bir muammo bo`lib qolmoqda.

BMT mazkur sanani qay tarzda nishonlaydi?

25 noyabr – Ayollarga nisbatan zo`ravonlikka barham berish Xalqaro kunidan boshlab 10 dekabr – Inson huquqlari kunigacha bo`lgan davrni qamrab oluvchi 16 kunlik keng ko`lamdagi tadbirlar tashkillashtirilib, bularning asosiy g`oyalaridan biri butun dunyo bo`ylab ayollarga nisbatan zo`ravonlikka barham berishdir.

2014 yilda BMTning Bosh kotibi ayollarga nisbatan zo`ravonlikni yo`q qilishga qaratilgan «UNiTE» nomli tashabbusini ochiq deb e'lon qilishi bilan mazkur tashabbus dunyo bo`ylab barcha shaharlar, barcha ko`chalarda 25 noyabrdan to 10 dekabrgacha jamoatchilikning faol ishtirokida o`tkazilgan edi.

BMT Inson huquqlari bo`yicha kengashining tavsiyalarini bajarishga qaratilgan Milliy Ish rejasining amalga oshirilishini nazorat qilish bilan bog`liq masalalarga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi

 

BMT Bosh kotibining 16 kunlik AZQ tadbir munosabati bilan yo'llagan murojaati

"Ayollarga nisbatan zo`ravonlikka qarshi 16 kunlik" tadbir O'zbekistonda