Taraqqiyot dasturi

 

Taraqqiyot va rivojlanish Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy yo`nalishlaridan biridir. BMT tizimiga kiruvchi bir qator agentliklar, turli BMT dasturlari dunyo bo`ylab deyarli barcha mamlakat hukumatlari hamda boshqa tashkilot va guruhlar bilan hamkorlik qilib, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarini hal qilishda o`z hissasini qo`shib kelmoqda.

Butun dunyo mamlakatalarining taraqqiyotiga yordamlashish borasida BMT o`zining tashkil etilishi vaqtidan boshlab to hanuzgacha quydagi yo`nalishlarda faoliyatini yuritib kelmoqda:

• Mingyillik deklarasiyasi. 2000 yilda bo`lib o`tgan BMTning Mingyillik sammitida yig`ilgan barcha yurt boshilari rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish, qonun ustuvorligi va gender tengligini ta'minlash kabi sohalarni amalga tadbiq qilish borasida tantanali ravishda tegishli majburiyatlarni o`z zimmasiga olishdi.

• 2015 yildan keyingi davrga mo`ljallangan taraqqiyot dasturi va Barqaror rivojlanish maqsadlari. 2015 yildan keyingi davrda rivojlanish va taraqqiyotni ilgari surishda BMT inson huquqlarini eng oliy maqsad va shu maqsadga erishish vositasi deb biladi. Hech kim, hech bir inson taraqqiyot jarayonidan chetda qolib ketmasligi lozim.

Quyidagi bo`limlarda 2000 yildan to 2015 yilgacha bo`lgan davr davomida amalga oshirilgan BMTning Mingyillik rivojlanish dasturi (MRD) hamda 2030 yilgacha bo`lgan davrga mo`ljallangan Barqaror rivojlanish dasturi (BRD) bilan tanishishingiz mumkin. 

 

Yangiliklar

  Оролбўйи минтақаси учун БМТнинг Инсон хавфсизлиги бўйича кўпшериклик траст жамғармаси (ИХКТЖ) лойиҳа таклифларини тақ…

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Tsuy Dun’yuy O'zbek…

Palma yog’i va shakarqamish kabi bio yoqilg’ilariga bo’lgan kuchli talab ortidan FAOning oziq-ovqat narxlar…

Birlashgan Millatlar Tashkiloti o'zining 75 yilligi munosabati bilan biz xohlagan kelajakni yaratishda xalqaro hamkorlikning …