Barqaror rivojlanish maqsadlari

 

Dunyo mamlakatlari MRM doirasida erishilgan mu­vaffaqiyatlarni e'tirof etgan holda, MRM doirasi­da amalga oshirilishi yakunlanmay qolgan maqsadlarga erishish, hamda, jahon hamjamiyatini 2015 yildan so`ng yangi rivojlanish jabhalari sari etaklovchi maksad­larni belgilab olish zaruriyatini ta'kidladilar. Shu tarzda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2012 yili barqaror rivojlanish mavzusida o`tkazilgan «Rio+20» Konferensiyasida dunyo mamlakatlari etakchilari Barqa­ror Rivojlanish Maqsadlarini (BRM) ishlab chiqishga kelishib oldilar. 

Rio+20 konferensiyasi bu­tun dunyo ekspertlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, fuqaro­lar va xususiy sektor vakillari ishtirokida misli qo`rilmagan darajadagi keng qamrovli muho­kamalarning boshlanishiga turtki bo`ldi. Shuni ta'kidlash joizki, ustuvor mavzularga oid hamda mam­lakatlar miqyosida olib borilgan muhokamalar, shuningdek global miqyosda tashkil etilgan «Mening dunyoim» so`rovi va ixtisoslashti­rilgan kengashlar hukumatlararo muhokamalar uchun asos yaratdilar.  

Bularning barchasi 2030 yilga­cha erishilishi lozim bo`lgan 17 ta BRM va ularga bog`liq bo`lgan 169 vazifalarning aniqlanishiga olib keldi. 2015 yilning sentyabrida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta­rixiy sammitida, BRM rasman qabul qilindi.

 

   

BRM va mavzular

SDGs

Foydali manbalar