BMT O`zbekistonda

O`zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 1992 yil yangi suveren, mustaqil davlat sifatida a'zo bo`ldi. Bir yildan so`ng Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. O`zbekistonda BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD), Aholishunoslik jamg`armasi (YuNFPA), Bolalar jamg`armasi (YuNISEF), Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST), Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti (YuNESKO), Narkotiklar va jinoyatchilik bo`yicha boshqarmasi (BMT NJB), OIV/OITS bo`yicha birlashgan dasturi (YuNEYDS), Gender tengligi hamda ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bo`yicha tuzilmasi (BMT - ayollar), Markaziy Osiyoda Preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), BMTning oziq-ovqat va qishloq ho`jaligi tashkiloti, hamda BMT TD rahbarligi ostida BMT ko`ngillilar dasturi vakolatxonalaridan tashkil topgan.

Tashkilot faoliyatiga, shuningdek, mamlakatda vakolatxonalari bo`lmagan agentliklar, jumladan BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti, Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi va BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi ko`mak bermoqda. Jahon banki ham mustaqil ixtisoslashgan muassasa sifatida BMTning O`zbekistondagi faoliyatiga muhim hissa qo`shib kelmoqda.

BMTning O`zbekistondagi faoliyati  taraqqiyotga ko`mak dasturi (YuNDAF)ga asoslangan bo`lib, bu dastur milliy hamkorlar va BMT o`rtasidagi 2016 yildan 2020 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga kamrab oluvchi strategik xujjat hisoblanadi. Ushbu dastur BMT agentliklarining bilim va texnik yordam mablaglarini taraqqiyot maqsadlariga erishi yo`lida sarflashga bo`lgan intilishlariga asoslanadi.  

 YuNDAF 2016-2020 dasturining asosiy tematik yo`nalishlari:

  • Ish bilan ta'minlash, ijtimoiy himoya va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash.
  • Sog`liqni saqlash va ta'lim sohalarida sifatli xizmatlar bilan yanada kengroq ta'minlash orqali inson salohiyatini oshirish.
  • Barqaror rivojlanishni ta'minlash yo`lida atrof-muhitni muhofaza qilish.
  • Ijtimoiy hizmatlarni yaxshilash va huquqlarni himoya qilishga qaratilgan samarali boshqaruv.  

 

                                                                  

Videolavhalar