Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi

 

 

I.              BMTTD vazifalari 

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi 170 dan ortiq mamlakat va hududlarda faoliyat yuritib, kambag'allikni bartaraf etishga, va ijtimoiy tengsizliklarni kamaytirishga yordam beradi. Hamkor mamlakatlarda BMTTD rivojlanish sohasidagi dasturlarni ishlab chiqishda, amalga oshirishda, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishida, turli davlat idoralarining salohiyatini oshirishda, hamda keng ko`lamdagi loyihalar doirasida erishilgan yutuqlarning turg’unligini ta'minlashda yordam berib keladi. 

 

BMTTD O`zbekistondagi vakolatxonasini 1993 yilning yanvar oyida mamlakatimizning poytaxtida ochib, shundan beri respublikani mustaqil rivojlanish yo`lida qo`llab-quvvatlab kelmoqda. BMTTD o`zining faoliyati doirasida O`zbekiston hukumati, fuqarolik jamiyati, xalqiga muhim o’zgarishlar davridagi bir qator qiyinchiliklarni yengib o`tishga yordam berib kelmoqda. BMTTD davlat va nodavlat tashkilotlariga iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni samarali amalga oshirib, O`zbekiston xalqining farovonligini ta'minlash uchun kerak bo`lgan bilim, tajriba va salohiyatni orttirishda yaqindan yordam berib kelmoqda.   

 

II.           Faoliyat yo’nalishlari

 

Inklyuziv va barqaror rivojlanish

 

BMTTD O`zbekistonni iqtisodiy yuksalishida qo`llab-quvvatlar ekan, ayni paytda Respublika o`zi uchun muhim bo`lgan bir palla davri bilan bog`liq masalalarni yechish yo`lidan ketmoqda. O`zbekistonning iqtisodiy boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan faoliyati doirasida BMT TD fuqarolik jamiyati va xususiy sektor bilan yaqindan hamkorlik qilib, aholini ish bilan ta'minlash, qishloq joylardagi turmush darajasini yaxshilash, mikro-moliyalashtirish, tadbirkorlar uchun maslahat markazlarini joriy etish va tadbirkorlikni rag`batlantirish, bilim va tajriba almashinuvini qo`llash, Orol dengizi mintaqasida barqaror rivojlanishni ta’minlash kabi maqsadlarga erishish yo`lida sa'y-harakat olib bormoqda.

 

Samarali demokratik boshqaruv

 

BMTTDning O`zbekistonda samarali boshqaruvni ilgari surish sohasidagi faoliyati 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Haraktalar strategiyasi muvofiq tashkil etilgan. BMTTD faoliyatining asosiy me'zoni inson manfaatlari va huquqlari bo`lgani uchun, u bir qator milliy hamkorlar bilan birga mamlakatning boshqaruv tizimi, fuqarolar manfaatlari, huquqlariga asoslangan bo`lishini ta'minlashda keng ko`lamdagi loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Mazkur loyiha va tashabbuslar doirasida davlat xizmatlarining sifatini oshirish, fuqarolik jamiyatining boshqaruv jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirish, elektron boshqaruv tizimini takomillashtirish, sudlar tizimini yanada yuqori bosqichga ko`tarish, parlament faoliyatini jadallashtirish kabi sohalarda izchil islohotlar olib borilmoqda. Shuningdek, BMTTD mamlakatda kuzatilayotgan rivojlanish jarayonlarida ayollarni yanada ham faolroq ishtirok etishiga undamoqda.

 

III.        Tashkilot bilan qanday bog`lanish mumkin?

O`zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko’chasi 4-uy, 100129

Tel.: +998 (71) 120-34-50; Faks: +998 (71) 120-34-85 

E-mail: registry.uz@undp.org; Website: www.uz.undp.org

Matilda Dimovska, BMTTDning O`zbekistondagi doimiy vakili

 

 

 

 

Yangiliklar

2019 yil 3 iyun. Orolboʻyi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik jamgʻarmasining  (IXKTJ) Bos…

13-14 may kunlari Miryana Spolyarich Egger xonim, BMT Taraqqiyot dasturi maʼmuri yordamchisi, BMTTDning Yevropa va MDH mamlak…

2019 yilning 27-28 fevral kunlari Kegeyli, Taxtako‘pir, Mo‘ynoq va Shumanay tumanlarida Birlashgan Millatlar Tash…

2018 yilning 25-26 iyun kunlari Toshkentdagi “Poytaxt” biznes markazida “Iqlim qutichasi”- maktab oʻq…

BMT TD nashrlari