BMTning Ta'lim, fan va madaniyat sohasidagi tashkiloti

 

 

 

 

I. YuNESKOning missiyasi

 

YuNESKO, BMTning Ta'lim, fan va madaniyat sohasidagi tashkilotiga, 1945 yilning 16 noyabr kunida asos solingan. YuNESKO dunyoda tinchlikni o`rnatish, qashshoqlikni yo`q qilish, barqaror rivojlanishni ta'minlash, ta'lim orqali madaniyatlararo muloqot tuzish, fan sohalarini rivojlantirish, xalqaro madaniy va ma'lumot almashinuviga yordamlashish kabi sohalarda faoliyat yuritadi. 

 

YuNESKOning O`zbekistondagi faoliyati uning Toshkent shahridagi vakolatxonasi, Bosh idorasi, Bangkok, Jakarta va Olmotadagi mintaqaviy vakolatxonalari hamda O`zbekistondagi milliy YuNESKO Komissiyasi tomonidan rejalashtiriladi va boshqariladi. 

 

II. Asosiy faoliyat yo`nalishlari 

 

YuNESKO ta'lim, ijtimoiy va gumanitar fanlar, madaniyat, axborot va ma'lumot texnologiyalari sohalarida o`z faoliyatini yuritadi. 

 

Ta'lim

 

YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi mamlakat hukumatini ta'lim sohasining sifatini oshirish, mazkur sohada tegishli andozalar, standartlarni joriy etish, turli innovasion loyihalarni amalga oshirish, mutasaddi tashkilotlarning salohiyatini oshirish borasida qo`llab-quvvatlaydi.

 

Fan

 

YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi fan bo`yicha alohida dasturi doirasida er va suv resurslaridan tejamkorona, oqilona foydalanish imkonini beruvchi texnologiyalar, bilim va ko`nikmalarni hayotga tadbiq etishga intiladi; shuningdek biologik xilma-xillikni asrash va yangilanuvchi muqobil energiya manbalarini joriy etish, turli sohalarda, xususan erlarning tanazzulga uchrashi va iqlim o`zgarishi bilan bog`liq masalalar yuzasidan tadqiqotlarni amalga oshirishda O`zbekistonga o`z yordamini berib kelmoqda. 

 

Madaniyat 

 

YuNESKOning madaniyat sohasidagi maqsadlari mamlakatning boyligi bo`lmish madaniy-tarixiy merosini keyingi avlodlar uchun asrab qolish, qolaversa mazkur boyliklar mamlakatning barqaror taraqqiy etishi, aholi daromadining doimiy ravishda oshishi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar uchun cheksiz imkoniyatlarni ochib berishi mumkinligini ko`rsatib berishdan iboratdir. Shu maqsadda YuNESKOning Toshkent shahridagi vakolatxonasi Jahon merosi ro`yxatiga kiritilgan obidalarni muhofaza etishda, mamlakatning moddiy va nomoddiy boyliklarini asrash, avloddan avlodga o`tish hamda madaniy turizmni rivojlantirishga qaratilgan bir qator tashabbus va loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. 

 

Axborot va ma'lumot almashinuvi 

 

O`zining milliy hamkorlari bilan birgalikda YuNESKO barcha insonlar ma'lumotni izlash, undan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lishini ta'minlashga, rivojlanish, demokratiya hamda jamoatchilik orasidagi muloqotni o`rnatishga qaratilgan tashabbuslarini amalga oshiradi. 

 

III. Tashkilot bilan qanday bog`lanish mumkin? 

 

O`zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Ergashev ko`chasi 9, 100084

 

Tel.: +998 (71) 120-71-16/54/55; Faks: +998 (71) 120-71-59 

 

 E-mail: tashkent@unesco.org; Website: www.unesco.org/tashkent

 

Jan Hladik, YuNESKOning O`zbekistondagi vakili

 

 

Yangiliklar

YuNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi yolg‘on yangiliklar (fake news) haqida eng yaxshi ijtimoiy rolik tayyorlash u…

“Бизнинг эркинлигимиз матбуот эркинлигига боглик ва буни йўқотишларсиз чеклаб бўлмайди”. Ушбу сўзлар Америка Қўшм…

Joriy yilning 28 aprel- 3 may kunlari YuNESKOning O’zbekistoindagi Vakolatxonasi BMT agentliklari, Elektron ommaviy axb…

BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida turli davlat rahbarlari barcha uchun sifatli ta'lim olish imkoniyati yaratish yo`llar…