Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg`armasi

 http://ts2.mm.bing.net/th?id=JN.TTNSLLbYRiioJD5TF1oLHw&w=287&h=130&c=7&rs=1&qlt=90&o=4&pid=1.1

 

 

I. BMT AJning missiyasi

BMT AJ butun dunyo bo`ylab har bir erkak, ayol va bola sog`lom, boshqalar bilan teng huquqli va baxtli bo`lishini ta'minlashga intiluvchi xalqaro tashkilotdir.

BMT AJ o`zining O`zbekistondagi vakolatxonasini 1993 yilda ochdi. Hozirda jamg`arma o`z faoliyatini o`zining to`rtinchi (2016-2020) dasturi doirasida amalga oshirmoqda. Joriy dasturda reproduktiv salomatlik, inson huquqlarini himoyalash, aholishunoslikka doir ma'lumotlardan rivojlanish sohasidagi loyihalarda foydalanish borasida tegishli davlat idoralarining salohiyatini oshirish kabi masalalarga alohida e'tibor berilgan.

II. Asosiy faoliyat yo`nalishlari

BMT AJning O`zbekistondagi faoliyati quyidagi uchta yo`nalishda amalga oshiriladi:

Aholishunoslikka doir ma'lumotlardan rivojlanish sohasidagi dasturlarda foydalanish borasida tegishli davlat idoralarining salohiyatini oshirish

BMT AJning faoliyati aholining turmushini yaxshilash, barqaror rivojlanishni ta'minlash bilan bog`liq maqsadlarga erishishda xalqaro hamjamiyatga katta yordam berib kelmoqda. Aholi tarkibining o`zgarishi, aholi sonining oshishi yoki kamayishi, tug`ilish va o`lish miqdori, aholining ko`chishi kabi hodisalar inson hayoti, mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishiga katta ta'sir ko`rsatishi mumkin. Bundan tashqari, ayollar sog`ligi, reproduktiv salomatligi, huquqlarining himoyalanishi kabi BMT AJ tomonidan aniqlanadigan ko`rsatkichlar ham aholi holatiga o`z ta'sirini ko`rsatib boradi.

Aholining reproduktiv salomatligini yaxshilash, bu boradagi huquqlarini himoyalash, yoshlarning reproduktiv salomatlik to`g`risidagi ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish

BMT AJ O`zbekiston Respublikasining sog`liqni saqlash tizimini takomillashtirishga yordam berib, bunda asosiy e'tiborni reproduktiv salomatlik va ona salomatligini ta'minlash bo`yicha xizmatlarning sifatini oshirishga qaratadi. Tashkilot tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, tibbiyot muassasalarini tegishli uskuna va jihozlar bilan ta'minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, akusherlarning malakasi va ko`nikmalarini yaxshilashga qaratilgan dasturlarida faol qatnashib keladi.

Shuningdek, BMT AJ reproduktiv tizimlariko`krak bezi saratoni kabi eng ko`p uchraydigan kasalliklarni profilaktika qilish, aniqlash va davolashga qaratilgan milliy dasturlarni ham qo`llab-quvvatlaydi. Tibbiyot muassasalarida joriy etilgan reproduktiv salomatlikni ta'minlash bo`yicha yo`l-yo`riqlarni takomillashtirish, tegishli amaliyotlarni xalqaro andozalarga moslashtirishda ham BMT AJ muntazam ravishda o`z yordamini berib kelmoqda.

BMT AJ, shuningdek, reproduktiv salomatlik, istalmagan homiladorlikning oldini olish bo`yicha ma'lumotlarni aholiga taqdim etish borasida ham keng ko`lamdagi ishlarni olib boradi. Qolaversa, BMT AJ OIV va jinsiy aloqa orqali yuqadigan boshqa kasalliklarning oldini olish bo`yicha BMT agentliklarining turli loyiha va dasturlarida ham faol qatnashib, tegishli chora-tadbirlarni qo`llab keladi.

Barcha erkak va ayollar huquq va majburiyatlarining to`liq bajarilishini ta'minlash

BMT AJ milliy qonunlarda gender tenglikni o`rnatishga taalluqli masalalarning qamrab olinishini ta'minlashda ham faol ishtirok etadi. Jumladan, jamg`arma yordamida barcha erkak va ayollarning teng huquqliligi to`g`risidagi qonunning loyihasi ishlab chiqilib, xalqaro mutaxassis tomonidan ekspertiza qilindi. Mazkur qonun loyihasi hozirda tegishli qonun chiqaruvchi organlar tomonidan ko`rib chiqilyapti.

III. Tashkilot bilan qanday bog`lanish mumkin?

O`zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Mahmud Tarobiy ko`chasi 14, 100090

Tel.: +998 (71) 120-68-99; +998 (71) 2815881/83

Faks: +998 (71) 120-68-97

E-mail: info@unfpa.uz; Website: http://uzbekistan.unfpa.org

Janob Yu Yu, BMT AJning O`zbekistondagi vakili