BMTning Bolalar fondi

I. Bolalar fondining missiyasi

YuNISEF, yoki BMTning Bolalar fondi O`zbekiston Respublikasida 1994 yildan beri o`z faoliyati doirasida mamlakatning yosh fuqarolari g`amxo`r va do`stona jamiyatda voyaga etishi, rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan keng ko`lamli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. O`zining mandati asosisda YuNISEF O`zekiston bolalarining himoyalanishi, ularning ehtiyojlari qondirilishi hamda ularning salohiyatini namoyon etishga barcha sharoitlar mavjudligini ta'minlashda o`z hissasini qo`shib kelmoqda.

YuNISEF o`z faoliyatini BMTning Bolalar huquqi to`g`risidagi konvensiyasi asosida amalga oshirib, barcha mamlakatlarda bolalar huquqlarini himoya etish amaliyotini milliy qonunchilikka singdirishga harakat etadi.

O`zining hamkorlik dasturlari doirasida YuNISEF O`zbekiston Hukumatini joylarda bolalar bilan bog`liq muammolarni hal qilish, ularning farovonligini ta'minlash, oilaviy ahvolini yaxshilash kabi sohalarda yordam berib kelmoqda. Shuningdek, YuNISEF mazkur sohalarda parlament, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, qishloq aholisi, yoshlar, ommaviy axborot vositalari hamda ikki tomonlama va ko`p tomonlama hamkorlar bilan ham yaqindan ishlab kelmoqda. 

II. Asosiy faoliyat yo`nalishlari

YuNISEF o`zining O`zbekistondagi faoliyati doirasida ona va bolalarning salomatligi, ular orasidagi o`lish darajasini kamaytirish, ushbu sohada eng yuqori andozalarning joriy etilishi, ona va bolalar oziqlanishi borasidagi eng ilg`or tajribalarni hayotga tadbiq qilish, OIV yuqtirilishining oldini olish, gigiena talablariga rioya etilishini ta'minlash kabi masalalar milliy qonunchilikda o`zining aksini topishi, shu sohalarda mavjud bo`lgan muammolarning echilishiga o`z hissasini qo`shib kelmoqda. 

Shuningdek, YuNISEF O`zbekistonda har bir bola g`amxo`r muhitda tarbiyalanishi, ta'lim olishi va rivojlanishini ta'minlashga intiladi. Ushbu maqsadga erishish yo`lida YuNISEF O`zbekiston Hukumatini mamlakatda boshlang`ich ta'lim, maktabgacha ta'lim tizimlarini yanada takomillashtirishda, bolalarni barcha turdagi zo`rovonliklardan himoyalashda, ularning huquqlarini ilgari surishda yordam berib kelyapti.

Shuningdek, YuNISEF bolalar huquqlarining bajarilishi, himoya qilinishini ta'minlovchi maxsus kuzatuv tizimini yaxshilashda ham O`zbekiston Hukumatini qo`llab-quvvatlaydi, mamlakatda bolalarni himoyalash, ularga g`amxo`rlik qilish madaniyatini yanada yuksaltirishga intiladi.

Joriy 2016-2020 yillarga mo`ljallanib tuzilgan hamkorlik dasturi doirasida Bolalar fondi O`zbekistonda yashovchi har bir ona va har bir bolaning huquqi, farovonligining muhofaza qilinishini ta'minlashga intiladi. YuNISEF dasturi BMTning Mingyillik taraqqiyot dasturi, Bolalar huquqlari to`g`risidagi konvensiya hamda Ayollarga nisbatan barcha turdagi kamsitishlarga barham berish to`g`risidagi konvensiyada belgilangan maqsad va vazifalar bilan uzviy bog`liqdir.

III. Tashkilot bilan qanday bog`lanish mumkin? 

O`zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko`chasi 16, 100029

Tel.: +998 (71) 233-95-12; Faks: +998 (71) 140-65-08

E-mail: tashkent@unicef.org; website: www.unicef.uz

Sasha Graumann, UNICEFning O'zbekistondagi vakili

 

 

 

Yangiliklar

Ko'pgina o'zbekistonlik muhojirlarning kamida ikkita farzandi bor, va ushbu farzandlar ularning ota-onalari mamlakatni tark e…

23-noyabr kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida OIV bilan yashayotgan 15ta yoshlar uchun o'quv tadbiri o'tk…

Қиймати икки миллион АҚШ долларига тенг бўлган қўшма лойиҳанинг асосий эътибори мамлакатдаги ижтимоий жиҳатдан энг заиф бўлга…

Qanday qilib bolalar himoyasini ta'minlashni yanada yaxshilash mumkin? Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklar va qarovsi…