BMTning Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi

 

I. BMT NJQKB missiyasi

JQKB butun dunyo bo`yicha noqonuniy giyoh moddalarining ayirboshlanishi va mamlakatlararo uyushgan jinoyatga qarshi kurash sohasida eng etakchi tashkilotlardan biridir. Tashkilot sog`liqni saqlash, xavfsizlik va adolatni ta'minlash kabi sohalardagi masalalarni echib, terrorizmning oldini olishda mamlakatlarga o`zining huquqiy va texnik yordamini berib keladi.

BMT tizimida NJQKB terrorizmga qarshi kurash bo`yicha eng katta salohiyat va tajriba orttirgan tashkilot hisoblanadi. Xususan, tashkilot jinoyatning oldini olish, jinoiy huquq, qonun ustuvorligini ta'minlash, giyohlarni nazorat qilish, mamlakatlararo uyushgan jinoyatga qarshi kurash, noqonuniy daromadlarini legalizasiya qilish, korrupsiya hamda mazkur sohalarda xalqaro hamkorlik o`rnatish kabi jabhalarda amaliy tajriba va keng ko`lamdagi salohiyatga egadir.

Xalqaro va milliy hamkorlar, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari, YuNEYDS va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda NJQKB mamlakatlarga OIVga chalingan insonlar hamda giyohvandlar uchun kerak bo`lgan tibbiy xizmatlar, vositalar, zarur bo`lgan hujjatlar va daliliy ashyolarni ta'minlash, qolaversa ozodlikni cheklash joylarda ishlab yoki yashab keluvchi shaxslarga tegishli yordam va maslahat berib kelmoqda.

Tashkilotning mintaqaviy vakolatxonasi Markaziy Osiyo mamlakatlariga giyohvandlik va narkotik moddalarining noqonuniy ayirboshlanishini qisqartirish hamda uyushgan jinoyatga qarshi kurashda va terrorizmning oldini olishda o`z yordamini berib kelmoqda. Mintaqaviy vakolatxona Toshkent shahrida joylashgan bo`lib, Ostona va Olmota, Bishkek, Dushanbe, Ashxobod va Bakuda ham mamlakat miqyosidagi vakolatxonalariga ega.

Markaziy Osiyoda O`zbekiston eng ko`p aholiga ega bo`lgan mamlakat bo`lib unda 30 milliondan ortiq aholi yashaydi. Ushbu mintaqada barqarorlikni ta'minlash nuqtai nazaridan O`zbekistonning o`rni nihoyatda muhimdir. Tashkilot 1993 yildan boshlab o`zining O`zbekistondagi faoliyati doirasida mamlakatda xavfsizlikni, aholi sog`ligini, ayniqsa yosh aholi salomatligini ta'minlashga o`z hissasini qo`shib kelmoqda. Rivojlanish va taraqqiyot mustahkam va barqaror bo`lishi uchun giyohvandlik va uyushgan jinoyatga qarshi kurash, korrupsiya va terrorizmga qarshi kurash samarali ravishda amalga oshirilishi lozim.

II. Asosiy faoliyat yo`nalishlari

Noqonuniy narkotik moddalarining ayirboshlanishiga qarshi kurash

Mazkur sohada tashkilot O`zbekistonning huquqni targ`ibot qilish organlari bilan birga davlat chegarasining daxlsizligini ta'minlash hamda ushbu organlarning salohiyatini oshirish borasida hamkorlik qilib, mamlakatda noqonuniy giyoh moddalari savdosini qisqartirishga intiladi.

Jinoyat, terrorizm va inson savdosiga qarshi kurash

Jinoyat va inson savdosiga qarshi kurash borasida NJQKB mamlakatlarga tegishli milliy qonunchiligini yanada takomillashtirish, huquqni targ`ibot qiluvchi organlarining salohiyatini oshirish va mazkur sohalar bo`yicha tegishli ma'lumotlar bazasini yaratishda, uni yuritishda qo`llab-quvvatlaydi. Tashkilot, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni o`rnatishda, amalga oshirishda o`z yordamini beradi. Bundan tashqari, tashkilot O`zbekiston Hukumatiga terrorizmga qarshi huquqiy rejimni kuchaytirish, BMT konvensiyalari va protokollarini hamda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi qarorlarini ratifikasiya qilish va amalga oshirishda o`z yordamini berib kelmoqda.

Giyohvandlikka qarshi kurash

Giyohvandlikka qarshi kurash va OIVning oldini olish borasida tashkilot mamlakatga giyohvandlikka ruju qo`ygan insonlarni davolash, giyohvandlikning oldini olish bo`yicha milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishga ko`maklashib, in'eksiya orqali narkotik moddalarni iste'mol qiluvchi insonlar hamda ozodlikdan mahrum qilish joylarida yashayotgan shaxslar orasida OIVning tarqalishini qisqartirishga o`z hissasini qo`shib kelyapti.

Ma'lumotlarni tahlil qilish

NJQKB O`zbekistonga giyohvandlik, noqonuniy giyoh moddalarining ayirboshlanishi to`g`risidagi ma'lumotlarni yig`ish va tahlil qilish tizimini takomillashtirishda ham o`z yordamini berib kelmoqda. Jumladan, giyoh moddalarining noqonuniy ayirboshlanishi to`g`risidagi ma'lumotlarni tahlil qilish tizimi o`rnatilib, u mintaqaviy miqyosdagi ma'lumotlarni yig`ish va tahlil qilish markaziga ulandi.

Mazkur markaz, Markaziy Osiyodagi ma'lumot markazi hamda Muvofiqlashtirish markazi NJQKBning mintaqadagi faoliyatining yorqin misoli desak mubolag`a bo`lmaydi. Evropol va Evropa Ittifoqi qonunlari asosida tashkil etilgan yuqoridagi markaz tegishli mamlakatlarda turli keng-ko`lamdagi jinoyatga qarshi operasiyalar, giyoh moddalarining noqonuniy ayirboshlanishiga qarshi kurashni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Tashkilot polisiya, giyoh moddalarining noqonuniy ayirboshlanishiga qarshi kurash bo`yicha organlar, bojxona xizmatlari, chegara xizmatlari va boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

NJQKBning 2015-2019 yillarga mo`ljallangan yangi dasturi

2015 yilning may oyida NJQKB Markaziy Osiyo uchun 2015-2019 yillarga mo`ljallab tuzilgan yangi dasturini imzolab, mazkur dastur Ashxobod shahrida barcha beshta Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan yuqori lavozimdagi vakillar tomonidan rasman joriy etildi. Ushbu yangi dastur tashkilotning ilgarigi dasturlari doirasida erishilgan natijalarga asoslangan bo`lib, unda alohida, biri-biri bilan bog`liq bo`lmagan loyihalar o`rniga, majmuaviy yondashuv qo`llab, biri-biriga ulangan tashabbus va loyihalarning amalga oshirilishi ko`zda tutilgan. 2015 yildan 2019 yilgacha bo`lgan davrga ajratilgan 70 million AQSh dollari miqdoridagi mablag` Markaziy Osiyo mamlakatlarining ichki salohiyati hamda butun mintaqa miqyosidagi hamkorlikni amalga oshirish salohiyatini mustahkamlashga sarflanishi kutilmoqda.

Markaziy Osiyodagi dastur to`rtta qismdan iborat: mamlakatlararo uyushgan jinoyat, narkotik moddalarining noqonuniy ayirboshlanishiga qarshi kurash va terrorizmning oldini olish; jinoiy huquqbuzarliklar va korrupsiyaning oldini olish;
Giyohvandlikni davolash va OIVning tarqalishiga qarshi kurash; tadqiqotlar va ma'lumot tahlili. Mazkur dastur BMT va Markaziy Osiyo mamlakatlari o`rtasida imzolangan hamkorlik to`g`risidagi kelishuv (YuNDAF) bilan chambarchas bog`liqdir. Dasturning maqsad va vazifalari barcha YuNDAF kelishuvlari, xususan ularning qonun ustuvorligini o`rnatish, samarali boshqaruv va sog`liqni saqlash sohasidagi maqsadlari bilan hamohangdir. Bundan tashqari, dasturdagi maqsadlar BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlari bilan ham chambarchas bog`langan.

III. Tashkilot bilan qanday bog`lanish mumkin?

O`zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Abdulaa Qahhor ko`chasi 30-A, 100100

Tel.: +998 (71) 120-80-50; Faks: +998 (71) 120-62-90

E-mail: unodc.roca@unodc.org; Website: www.unodc.org/centralasia

Ashita Mittal, BMT NJQKBning Markaziy Osiyodagi vakili

 

Yangiliklar

27 fevral 2020 yil, Toshkent sh., Oʼzbekiston Respublikasi. Yaponiya Hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvan…

2 Мая 2019, Ташкент – Представители пяти стран Центральной Азии, Азербайджана, Российской Федерации и Сети развития Ага…

  Sessiya O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahliliy multimedia markazi tomonidan taqdim e…

Bugun BMT Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasining (BMT NJQKB) Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomo…

NJQKB nashrlari