Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti

 

I. JSST missiyasi

JSSTga 1948 yilda asos solingan bo`lib, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining sog`liqni saqlash sohasida ixtisoslashgan tarkibiy bir agentligi hisoblanadi. Tashkilot Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan bosh idorasi hamda 6ta mintaqaviy va 150ta mamlakatdagi vakolatxonalaridan iborat. JSSTning O`zbekistondagi vakolatxonasi tashkilotning Evropa mintaqasidagi vakolatxonasiga qarashlidir.

O`zbekiston 1992 yilning 25 may kunida JSSTga qo`shildi. 1993 yildan boshlab JSST Birlashgan Millatlar Tashkilotining tarkibiy qismi sifatida O`zbekistonni sog`liqni saqlash sohasidagi xalqaro va milliy maqsadlariga erishishida, tegishli muammolarni echishda, xususan 2000 yilgacha mo`ljallangan “Barcha inson salomatligini ta'minlash” dasturini doirasidagi maqsadlar hamda BMTning Mingyillik taraqqiyot maqsadlari va “Salomatlik 2020” dasturlarining maqsadlariga erishishida yaqindan qo`llab-quvvatlab kelmoqda.

JSSTning O`zbekiston Respublikasi bilan hamkorligi hozirgi kunda O`zbekiston tomonidan 2012 yilda imzolangan Evropaning “Salomatlik 2020” dasturi va ushbu dastur doirasida 2014-2015 yilgacha bo`lgan davrga mo`ljallanib O`zbekiston Respublikasining Sog`liqni saqlash vazirligi bilan imzolangan Ikki tomonlama hamkorlik to`g`risidagi kelishuv asosida amalga oshirilmoqda.
Evropaning “Salomatlik 2020” dasturining asosiy maqsadi sog`liqni saqlash tizimini takomillashtirib, barcha insonlar tegishli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo`lishini ta'minlashdan iborat. Mazkur maqsadga quyidagi chora-tadbirlar orqali erishish ko`zda tutilgan:

• Sog`liqni saqlash tizimida har bir insonni butun hayoti davomida tibbiy xizmatlar bilan ta'minlash, ularning mazkur tizimdagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan mexanizmlarni joriy etish orqali butun tizimni takomillashtirishga yordam berish
• Mamlakatning sog`liqni saqlash sohasida mavjud bo`lgan eng murakkab muammolarni echish
• Sog`liqni saqlash tizimi barcha insonlar manfaatlariga javob berishini ta'minlash va
• Sog`lom inson va sog`lom muhitni yaratishga ko`maklashish.

JSST BMTning tarkibiy qismi sifatida O`zbekiston Respublikasini 2020 yilgacha bo`lgan davrga mo`ljallangan milliy sog`liqni saqlash tasturini ishlab chiqishda qo`llab-quvvatlamoqda. 2014 yilning noyabr oyida “Salomatlik 2020” dasturi doirasida tegishli tadqiqotlarni boshlab yuborish maqsadida Toshkent shahrida tashkillashtirilgan tadbir O`zbekiston mazkur dasturni amalga oshirishga tayyor ekanligidan dalolat beradi. Mazkur tadbir davomida “Salomatlik 2020” dasturini amalga oshirishda qo`lga kiritilgan yutuqlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuqori baholandi.


II. Asosiy faoliyat yo`nalishlari

O`zining mandati hamda yangi davr uchun O`zbekiston Hukumati va BMT tizimi o`rtasida tuzilgan YuNDAF hamkorlik dasturi doirasida JSST quyidagi yo`nalishlarga o`z e'tiborini qaratadi:
Yuqumsiz kasalliklarni (diabet, saraton, yurak va o`pka kasalliklari, sigareta chekish, spirtli ichimliklarni iste'mol etish, noto`g`ri ovqatlanish va kam harakatlanish kabi odatlarni) nazorat qilish hamda ularning oldini olish: xususan O`zbekistonda ilk bora tabak va spirtli ichimliklarni iste'mol etuvchi yoshlar sonini aniqlashga qaratilga
n xalqaro so`rovnomalar asosida yuqumsiz kasalliklarni qo`zg`atuvchi xavf omillari to`g`risida har tomonlama ma'lumot beruvchi ma'lumotlar bazasi yaratildi. Mazkur ma'lumotlar bazasi joriy yilning yuqumsiz kasalliklarni davolash va ularning oldini olish bo`yicha milliy dasturni ishlab chiqishda qo`l keladi.
Yuqumli kasalliklarga (OITS/OIV, sil va emlash orqali oldi olinadigan kasalliklarga) qarshi kurash: xususan, O`zbekiston Respublikasining reja asosida amalga oshiriladigan emlash dasturining qamrovi kengayib, hozirda deyarli barcha fuqarolar mazkur dastur doirasida rotavirus, pnevmokokk kabi kasalliklarga qarshi emlanmoqda. Silga qarshi kurash bo`yicha davlat dasturi hozirda yanada takomillashtirilib, silning tarqalishi va multirezistent silning oldini olishga erishilmoqda.
Insonlarning butun umri davomida salomatligini yaxshilash (ona va bola salomatligi, oziqlanish bilan bog`liq bo`lgan masalalar, reproduktiv salomatlik, sog`liqni saqlash tizimida gender tenglikni o`rnatish, inson huquqlarini himoya qilish, qashshoqlikka qarshi kurash va atrof-muhitni muhofaza qilish): xususan, mamlakatda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning salohiyati va bilimini oshirish, tegishli yo`riqnomalarni ishlab chiqish orqali ona va bola sog`ligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish.

Milliy sog`liqni saqlash tizimini takomillashtirish: xususan, aniq ma'lumotlarga asoslangan milliy dasturlar va rejalarni tuzish borasida yordam berish; 2020 yilgacha bo`lgan davrga mo`ljallangan milliy sog`liqni saqlash strategiyasi, yuqumsiz kasalliklarga qarshi kurash, ona va bola salomatligini ta'minlash, emlash, aqliy sog`lomlikni ta'minlash, iqlim o`zgarishiga qarshi kurash, OIV/OITS, sil va bezgakka qarshi kurash bo`yicha milliy strategiyalar amalga oshirilmoqda.

Turli epidemiyalarning oldini olish va ularga tayyorgarlik ko`rish tizimini takomillashtirish: mazkur yo`nalishda respublikada xalqaro tibbiy andozalar, jumladan 2005 yilda ishlab chiqilgan sog`liqni saqlash sohasidagi standartlarga rioya etilishini ta'minlash, laboratoriyalarni jihozlash, mikrobakteriyalar rezistentligiga qarshi kurash hamda mamlakatda poliomielit kasalligining oldini olish borasidagi tashabbuslar. 

III. Tashkilot bilan qanday bog`lanish mumkin?



O`zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Mahmud Tarobiy ko`chasi 16, 100100

Tel.: +998 (71) 281-51-72; Faks: +998 (71) 281-51-78

E-mail: office@who.uz; Website: http://www.euro.who.int/en/countries/uzbekistan

 

 

 

 

 





 

 

 

Yangiliklar

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda 25 yanvaridan 25 fevraligacha To…

31 май - бутун жаҳон бўйича тамакига қарши кураш куни деб эълон қилинган. Ушбу кун арафасида – Ўзбекистон Республикаси …

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz (IHBMM) va BMT TD hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida Ustav va S…

Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги ЖССТ ва ЮНИСЕФ кўмагида ва улар билан биргаликда Ўзбекистондаги болаларни п…