Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni (1 dekabr)

 

Butundunyo OITSga qarshi kurash kunini nishonlar ekanmiz, men barcha yurt boshilarini bu oliyjanob maqsad yo`lida birlashishlariga chaqiraman. OITS oqimini to`xtatishga muvaffaq bo`ldik, endi 2030 yilga qadar uni butunlay yo`q qilishga intilaylik.”
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun 

Umumiy ma'lumot

Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni 1988 yildan boshlab dunyo bo`ylab har yili 1 dekabr kuni nishonlanadi. Mazkur kun sog`lom hayot tarzini ilgari surish borasidagi eng muhim kunlardan biriga aylanib, OITS haqida jamoatchilikni xabardor qilish, mazkur kasallikdan vafot etgan insonlarni yodga olish va, qolaversa, OITSga qarshi kurash yo`lidagi yutuqlarimiz, jumladan, bu kasallikning jadallashishini to`xtatib turish va oldini olish bo`yicha xizmatlardan foydalanish imkoni endilikda yanada ko`proq insonlarda mavjudligini eslash uchun yaxshi imkoniyatdir ham.

Ushbu sana nimaga muhim?

- 2013 yilda butun dunyoda OIV bilan yashayotgan insonlar soni 35 million edi

- epidemiya boshlanishidan beri 78 million inson OIVni yuqtirib olgan bo`lsa, 39 million inson OITS bilan bog`liq kasalliklardan vafot etdi

- OIV bilan yashovchi barcha katta yoshdagi insonlarning 38% hozirda kerakli tibbiy yordam olayotgan bo`lsada, OIV bilan yashovchi bolalarning atigi 24 foizigina ularning hayotini saqlab turuvchi dori vositalaridan foydalanish imkoniga egadir

BMT mazkur sanani qay tarzada nishonlaydi?

Birinchi bo`lib, Butunjahon OITSga qarshi kurash kunini to 2004 yilga qadar YuNEYDS agentligi o`zining tashkil etilishidanoq nishonlab kelgan. 2004 yildan boshlab mazkur sana Butunjahon OITSga qarshi kurash tashabbusining Global boshqaruv qo`mitasi butun dunyo bo`ylab fuqarolik jamiyati, OITSga qarshi kurash sohasida faoliyat yuritayotgan turli tashkilotlar va hukumat idoralari bilan birgalikda har yili Butunjahon OITSga qarshi kurash kunini nishonlash munosabati bilan muayyan bir mavzuni belgilab olib, tegishli chora-tadbirlarni o`tkazish amaliyotini yo`lga qo`ygan.

Bunday mavzular bir yokki ikki yillik davrni qamrab olib, nafaqat Butunjahon OITSga qarshi kurash kunini nishonlash, balki boshqa tadbirlar bilan ham ulanib ketadi. “OITSni to`xtating. Bergan va'dangizning ustidan chiqing” kabi shiorlar ostida OIV va OITSga qarshi kurash doirasida yillar davomida bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda.

 

BMT Bosh kotibining Butunjahon OITSga QKK munosabati bilan yo`llagan murojaati

Butunjahon OITSga QKK O`zbekistonda