Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni (5 iyun)

 “Ona-erimizni saqlab qolish, insonlarni qashshoqlikdan xalos qilish, iqtisodiy yuksalish… bularning hammasi bitta kurash doirasida erishiladigan maqsadlardir. Iqlim o`zgarishiga qarshi kurash, chuchuk suv tanqisligi, energiyaning etishmovchiligi muammolarini hal qilish, butun dunyoda sog`liqni saqlash bilan bog`liq masalalarni echish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan barcha sa'y-harakatlarimizni birlashtirishimiz darkor. Bir muammoning echimi qolgan barcha muammolarni ham echishga yordam berishi lozim.” 

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun

Umumiy ma'lumot

Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti butun jahon miqyosida dolzarb bo`lgan ekologik muammolar to`g`risida xalqaro jamoatchilikni xabardor etib, shu muammolarni echishga dunyo xalqlarini chorlaydi. Yillar osha mazkur kun 100 dan ortiq mamlakatda nishonlanib kelib, hozirda ekologik muammolarni echishga yordam beruvchi muhim bir zamin bo`lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, ushbu kunda barcha xalqlar birlashib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, ona-erimizni asrab qolishga o`zining shaxsiy hissasini qo`shish imkoniga ega bo`ladilar.

Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni BMT Bosh Assamlbleyasi tomonidan 1972 yil Stokgolmda bo`lib o`tgan Insoniyat muhiti mavzuidagi konferensiyada joriy etilgan.

Ushbu sana nimaga muhim?

- insoniyat farovonligi, atrof-muhit sog`lomligi, iqtisodiyot samaradorligi erimizda mavjud bo`lgan tabiiy resurslarni oqilona boshqarishimiz, ulardan tejamkorona foydalana olishimizga bog`liqdir

- hozirgi kunda er sharidagi ko`plab ekotizimlarning zaxiralari deyarli butunlay tugab, ortiga qaytarib bo`lmaydigan salbiy jarayonlarga yuz tutgan, buning ustiga butun dunyoda aholining o`sib borishi, iqtisodiy rivojlanish kabi omillar mazkur muammoning yanada chigallanishiga olib kelyapti

- 2050 yilga kelib dunyo aholisining soni 9,6 milliardga etib qolishini inobatga olganda, tabiiy resurslarni hozirgi sur'at va hajmlarda iste'mol etishimizni, mahsulot ishlab chiqarishimizni davom etaversak, kelajakda bizga hozirgi er sharimizning kattaligidagi yana uchta er shari kerak bo`ladi

Mazkur sana nafaqat ona-er tuhfalarini qadrlash, erimizda mavjud bo`lgan boy biologik xilma-xillikni asrash kunidir. Ushbu kunda biz barchamiz ona-erimizni qanday qilib muhofaza qilishimiz, uning tabiatini qanday asrashimiz, hozirda dolzarb bo`lib qolgan ekologik muammolarni qanday echishimiz mumkinligi to`g`risida chuqur o`ylashimiz, er-sharimizni yanada go`zalroq, sog`lomroq qilish yo`llarini izlashimiz lozimdir.

BMT ushbu sanani qay tarzda nishonlaydi?

Mazkur sanani nishonlash bilan bog`liq keng ko`lamdagi tadbirlarni muayyan bir shior ostida, yoki mavzuda o`tkazish vazifasi har yili alohida bir mamlakatga yuklatilib, shu mamlakatda 5 iyun kuni to`g`ri keladigan hafta davomida xalqaro ko`rgazma tashkil etiladi. 2015 yilda ushbu sana “Etti milliard orzu. Yagona sayyora. Iste'molimizda tejamkor bo`laylik ” shiori ostida nishonlanib, tegishli tadbirlar Italiyada tashkillashtirildi.

Mazkur sanani nishonlashda butun dunyo bo`ylab 70 ta mamlakatda millionlab odamlar ishtirokida keng ko`lamli tadbirlar o`tkaziladi. Har yili keksa va yosh faollar turli ko`rgazmalar, atrof-muhitni tozalash ishlari, hasharlar, konsertlar, OAV ishtirokidagi bir qator tadbirlar, turli tanlov va musobaqalar tashkillashtirishda qatnashadilar.

 

 

 

BMT Bosh kotibining Atrof-muxitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan yo`llagan murojaati

Atrof-muxitni muhofaza qilish kuni O`zbekistonda