Umumjahon Sog`liqni saqlash kuni (7 aprel)

 

 “Sog`liq bu mutloq jismoniy, aqliy va ijtimoiy farovonlik holatidir, faqatgina kasallik yoki holsizlikning yo`qligi emas.” 

                              USSTning Konstitusiyas

Umumiy ma'lumot

1948 yilda Birinchi Sog`liqni saqlash masalalari bo`yicha assambleyaning yig`ilishida Jahon Sog`liqni saqlash tashkilotiga asos solingan kunni nishonlash taklifi kiritildi. 1950 yildan boshlab Umumjahon Sog`liqni saqlash kuni har yili 7 aprel kuni turli mavzularga bag`ishlangan holda nishonlanib kelmoqda. Har yili mazkur kunni nishonlash munosabati bilan JSST uchun dolzarb bo`lgan muayyan bir mavzu tanlanadi. Ushbu sanada sog`liqni saqlash sohasidagi turli uzoq muddatli loyiha va tashabbuslarning boshlanishi odat bo`lib qolgan.

Ushbu sana nimaga muhim?

- Har bir inson, uning irqi, dini, siyosiy qarashlari, iqtisodiy va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar, sog`liqni saqlash sohasidagi eng yuqori andozalarga javob beradigan tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqiga egadir.

- Sog`liq har bir mamlakatning iqtisodiy o`sishi, inson taraqqiyoti rivojlanishini belgilab beruvchi muhim omillardan biridir.

- Butun dunyoda tinchlik va xavfsizlikni o`rnatish nuqtai nazardan aholi sog`ligini ta'minlash va shu maqsadda fuqarolar va davlat o`rtasida samarali hamkorlikka erishish mihoyatda muhimdir.

- Har bir insonning salomatligi, sog`ligini ta'minlash uchun sog`liqni saqlash tizimi eng ilg`or tibbiy bilim va tajribalarga asoslangan bo`lishi lozim.

- Bolalarning sog`lom rivojlanishini ta'minlash ustuvor maqsadlardan biri; tobora o`zgarib borayotgan muhit bilan hamohanglikda yashay olish bunday sog`lom rivojlanish uchun nihoyatda zarurdir.

BMT ushbu sanani qay tarzda nishonlaydi?

Umumjahon Sog`liqni saqlash kunini nishonlash bilan bog`liq bo`lgan tadbirlar JSSTning boshchiligida tashkillashtiriladi. Ushbu kunni nishonlash munosabati bilan har yili sog`liqni saqlash sohasida dolzarb bo`lgan masalalarga xalqaro jamoatchilikning e'tiborini qaratish maqsadida muayyan bir mavzu belgilab olinadi. Bunday mavzu, yoki shior ostida turli-tuman tadbirlar, tashabbus va tanlovlar tashkil qilish orqali, sog`liqni saqlash bilan bog`liq bo`lgan masalalarga jamoatchilikning e'tibori jalb etiladi.

2015 yilda mazkur sananing mavzusi “Daladan to dasturxongacha ozuqa xavfsiz bo`lsin ” deb nomlandi. Ushbu shior ostida JSST ozuqaviy xavfsizlik bilan bog`liq bo`lgan masalalarni yoritishga, oziq-ovqatlarni ishlab chiqaruvchilar, uni etkazib beruvchi hamda iste'mol qiluvchilar o`rtasida samarali hamkorlik o`rnatishga intildi. 

 

BMT Bosh kotibining SSK munosabati bilan yo'llagan murojaati
SSK O'zbekistonda