BMT va O'zbekiston
Kerakli manbalar
Kuzatib boring

BMT matbuotda

O'zbekiston haqida

 

Davlatning to'liq nomi: O'zbekiston Respublikasi

Mustaqillik: O'zbekiston mustaqilligini 1991 yil 31 avgustda e'lon qildi

Asosiy milliy bayrami: Mustaqillik kuni 1 sentabrda nishonlanadi

Prezident: Islom Karimov

Bosh vazir: Shavkat Mirziyoyev

Hukumat: Vаzirlаr Mаhkаmаsi

Oliy qonun chiqаruvchi hokimiyat: Oliy Mаjlis ikki pаlаtаdаn - Qonunchilik pаlаtаsi (quyi pаlаtа) vа Senаtdаn (yuqori pаlаtа) iborаt.

Poytaxti:Toshkent

Umumiy maydoni: 448,9 ming kv. km. (shulardan jami 11% - haydaladigan va sug'oriladigan yerlarni tashkil etadi)

Aholisi: 26,5 million (2006 y.).

Qo'shni chegaradosh mamlakatlar: Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg`oniston.

O`zbekiston Respublikasi quruqlikda joylashgan mamlakat bo`lib, dengizga chiqish yo'liga ega emas.

Asosiy Din: Asosiy dini islom hisoblanib, aholining 88% ushbu dinga e'tiqod qiladilar (sunniylar)

Davlat tili: O'zbek (aholining 74,3%). Rus tili ham millatlararo muloqot tili sifatida ishlatiladi (14,2%), tojik tili (4,4%) va boshqa tillar (7,1%)

Pul birligi: so'm

Ayollar hayotining o'rtacha davomiyligi: 74,4 yil

Erkaklar hayotining o'rtacha davomiyligi: 70,5 yil

O`zbekiston quruqlikda joylashgan mamlakat bo`lib, chegarasi g`arbdan sharqqa1500 km, shimoldan janubga 1000 kilometrga cho`zilgan. O`zbekiston Respublikasi Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg`oniston bilan chegaradosh. Mamlakatning iqlimi yumshoq, namgarchiligi kam, yozi uzun va issiq, qishi esa mo’tadil. Mamlakat hududida neft, tabiiy gaz, uran, mis, tilla kabi minerallarning ulkan zaxiralari mavjud. O`zbekiston Respublikasida O`rta Osiyoning beshta respublikasi ichida eng ko`p aholi istiqomat qiladi. Aholi soni 2006 yilda 26.5 millionni tashkil qildi. Aholininig 77.2% ni o`zbeklar, qolgan qismini esa rus, tojik, qozoq, qoraqolpoq va tatar millatlari tashkil qiladi. Umumiy aholidan 15.3 millioni qishloqda, 9.2 millioni esa shaharlarda istiqomat qiladi.

O`zbekistonning geografik joylashuvi uning iqtisodiyotiga ham ta`sir ko'rsatadi. Mamlakat ikki daryo: Amudaryo va Sirdaryo  oralig’da joylashgan. Amudaryo Tojikiston hududidan O`zbekistonga oqib, mamlakatning Afg`oniston va Turkmaniston bilan chegarasiga tutashib ketadi.  Sirdaryo Qozog`iston hududidan boshlanadi.

O`zbekiston iqtisodoyotining asosiy negizini qishloq xo`jaligi tashkil qiladi. Mamlakat dunyodagi eng katta paxta ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. O`zbekistonda paxta asosiy eksport mahsulotlaridan biridir. Qishloq xo`jaligining boshqa muhim mahsulotlariga meva, sabzavot, uzumchilik,poliz maxsulotlari  va ipak xomashyosi kiradi. Bular asosan qo`shni mamlakatlarga eksport qilinadi.

Mamlakatning sharqida aholisi zich, unumdor hudud - Farg`ona Vodiysi joylashgan. Mamlakatning asosiy sanoat tarmog`i Farg`ona Vodiysida joylashgan bo`lib, markazlashgan rejalashtirish mustaqillik davrida rivoj topgan. Farg`ona Vodiysida sug`oriladigan qishloq xo`jaligining uzoq tarixiga ega bo`lganligi sababli, qishloq xo`jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetishtirib beradi. Mamlakatning janubiy qismida joylashgan Surhandaryo va Qashqadaryo viloyatlari qishloq xo`jaligi yaxshi rivojlangan hududlardir. Qashqadaryo gaz mahsuloti bilan ham tanilmoqda.

G`arbda asosan, Samarqand va Buxoro kabi jahonga mashhur turizm markazlarini o`z ichiga olgan, sanoat hududlari joylashgan (tog`ni o`rganish, gaz va neftni qayta ishlash va boshqalar).

Katta maydonga, ammo kam sonli aholiga ega Shimoliy-Garbdagi Qoraqolpog`iston kichik sanoat faoliyati bilan mashg`ul. Qoraqolpog`istonning sanoat va qishloq xo`jaligiga Orol Dengizi salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.

Mustaqillik yillaridan beri O`zbekiston Hukumatining iqtisodiy siyosati asosan protektsionist xarakterga ega bo`lib, O`zbek so`mining ayirboshlanishi yo`qligi (2003 yil oktyabr oyida konvertatsiya ochilganidan keyin biroz o`zgarish bo`lgan) hamda paxtani horijiy valyutaga keltirishning bosh manbai deb hisoblash bilan ta`riflanadi.

O`zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy o`zgarishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu qadam-baqadam usul quyidagi maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan:

  1. import o`rnini bosish  - oziq-ovqat mahsulotlari hamda energiya manbaalari bilan o`zini-o`zi ta`minlashi orqali iqtisodiy mustaqillikka erishish va importni to`sish;
  2. iqtisodiyotni xomashyo mahsulotlarini ishlab chiqarish o`rniga raqobatli sanoat tizimini yaratishga yo`naltirish;
  3. milliy ayirboshlashning doimiyligini ta`minlash uchun eksport imkoniyatini kengaytirish va oltin hamda qattiq valyuta zahiralarini oshirish;
  4. yangi ish joylarini yaratish va yashash tarzini yaxshilash.

Ayni kunda iqtisodiyotda hukumatning roli hali ham sezilarli bolsada tobora pasayib bormoqda.  Hususiy tarmoqning Milliy Yalpi Ishlab Chiqarishdagi ulushi 2001 yilda 74.1% ni tashkil qildi. Ammo bu ko`rsatgich har sohada turlichadir (qishloq ho`jaligida 99%, aholiga ko`rsatiladigan xizmatlar ulushida 59.4 %ni tashkil etadi). Hukumat hamon hususiy tarmoq nazoratini o`z qo`lida ushlab kelmoqda. Misol tariqasida, qishloq ho`jaligi mahsulotlarining asosiy qismi haligacha bevosita hukumatning paxta va bug`doyga belgilagan rejasiga asoslanadi.

Iqtisodiy va siyosiy muvozanatni saqlashdagi barcha yutuqlar bilan bir qatorda o`tish davri mobaynida yashash tarzining  pasayishi, ishsizlikning o`sishi, aholini boy va kambag`allarga ajratish kabi bir qator muammolar yuzaga keldi.

2003 yilda o`tkazilgan inson rivojlanish indeksining 0.694 ko`rsatgichiga binoan O`zbekiston 2005 yildagi Inson Rivojlanishi haqidagi Hisobotda 177 mamlakat ichida 111 o`rinni egalladi. Mustaqillik mobaynida mamlakatning IRQ va umumiy ko`rsatgichi yillar davomida o`zgarmadi. Shahar va qishloq hududlari o`rtasidagi farq keskin bo`lib, yashash hududiga ko`ra kambag`allik havfi kuchaymoqda. O`zbekiston aholisining oltmish uch foizi qishloq hududida istiqomat qilib, ulardan o`ttiz besh foizi qashshoq hayot kechiradi.

O`tish davrining beshafqat jarayoni o`z ta`siri aholining yaxshi ta`minlanmagan tabaqalari: ya`ni yosh oilalarga, ishsizlarga, ko`p farzandli oilalarga, boquvchisidan ayrilgan oilalarga, nafaqaxo`r, nogiron va yoshlar hayotida   sezildi. Bu esa iste`mol savatining kamayishiga, tibbiy xizmatdan foydalanish, maktab va maktabdan keyingi ta`lim olish imkoniyatinig cheklanishiga, energetika (gaz, ko`mir), infrastruktura va transport manbaalaridan foydalanishning cheklanishiga olib keldi.

O`tish davri natijasida paydo bo`lgan salbiy ta`sirni hatto hukumatning nisbatan xayrixoh ijtimoiy himoya tizimi ham jilovlay olmadi.

O`tish jarayoni O`zbekiston Respublikasi rivojlanishining asosiy xususiyati bo`lib qolmoqda. Shuning uchun ham makroekonomik muvozanat sharoitida harakatni aholining yashash tarzini yaxshilashga qaratish zarur.