BMT va O'zbekiston
Kerakli manbalar

BMT matbuotda

On The spotlight

MRM va Bolalar

2000- yil Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik Sammitida 189 mamlakat va hukumat boshliqlari 2015- yilga qadar dunyoni har tomonlama yanada yaxshilash sari birgalikda faoliyat olib borishga axdlashdilar.

O’z xalqlari nomidan, erkaklar, ayollar hamda bolalarni  o’ta faqirlik sharoitlaridan ozod qiluvchi va har bir insonning chinakam taraqqiy topishiga huquq beruvchi Mingyillik Deklaratsiyani imzoladilar.

Mingyillik Rivojlanishning 8 ta Maqsadi belgilab olindi, 2015 yilga qadar o’ta qashshoqlik va ochlikni bartaraf etish yo’lida boy va quyi davlatlarning umum global hamkorligi, barcha o’g’il qizlarning boshlang’ich ta’limni to’laqonli ado etishlari , gender tenglikni ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, OIV/OITS tarqalishining oldini olish va atrof -muhitni himoya qilish  kabi masalalar belgilandi.

Bolalar ham hududiy va milliy boshqaruvning haqiqiy bo’lajak qaror chiqaruvchilaridir. Ular kattalar u yoki bu muammolarni payqash imkoniyatini o’tkazib yuborgan hollarda muammolarga tik boqa oladilar va ularni belgilay biladilar. MRM dagi mavjud asosiy jihatlardan biri bu bolalardir. Birlashgan Millatlar Vakolatxonalari 7-14 yoshli bolalarning yashash sharoitlari va ularning salomatligini mustahkamlashga erishish va o’z g’ayratlarini safarbar etishga yetarli darajada e’tibor qaratdilar. O’zbekistonda bolalar bir necha tashabbuskorlar, faollar yordamida Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari ma’lumotlarini yoyishda o’z tengqur do’stlariga yordamlashadilar va ularni qo’llab quvvatlaydilar. Bolalarni qamrab oluvchi MRM harakati Mingyillik Rivojlanish Maqsadlariga bo’lgan qiziqishni oshirish va davlat shuningdek hududiy miqyosidagi  faoliyatlarni tashkil etishni o’z ichiga oladi.

2004- yildan beri 6 hududdagi 12ta maktab va 7-17 yoshlar orasidagi 540 nafar talabalar Xalq Ta’limi Vazirligi hamda Birlashgan Millatlarning O’zbekistondagi tizimi bilan birgalikda tashkil etilgan Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari haqida plakat yaratish musobaqasida ishtirok etdilar. Mahalliy nohukumat tashkilotlar maktablarda musobaqani tashkil etish hamda MRM maktubalarini bolalar va o’qituvchilarga yetkazib berishda yordam berdilar. Musobaqaning turli bosqichlari davomida Birlashgan Millatlar tizimi ko’p sonli taqdimotlar va treninglarini tashkil etdi.

Plakat yaratish musobaqasi o’tkazish davomida  MRM faoliyatiga bag’ishlangan  ikkita  saxna asari ham qo’yildi. 2004 yilning Oktyabr oyida  Samarqand va Buxoro Jahon tillari universiteti talaba va o’qituvchilaridan iborat  havaskorlar teatri Toshkentda "Pinokkio"  pye’saini zamonaviy talqinda sahnalashtirdilar.

Bu voqea taqdirlov marosimiga ulanib ketdi . Ushbu tomoshani  bolalar va kattalar, o’qituvchi va ota - onalardan iboran 500 nafar tomoshabin  o’zbek tilida ko’rishga muvaffaq bo’ldilar.  Bu asar davomida bolalar sahnada aktyorlar tomonidan ijro etilgan "MRM o’yin"larida bevosita ishtirok etdilar.

Maktab o’quvchilariga bag’ishlangan 2006- yil MRM Yoshlar Tarmog’i talaba ko’ngillilari O’zbekistonning turli viloyatlaridaUNESCO yozgi oromgohi ishtirokchilari uchun Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari o’quv sessiyalarini o’tkazishgan paytlardan kengaya boshladi. Bundan tashqari ulkan muvaffaqqiyatlardan biri Farg’ona viloyati Marg’ilon shahrida joylashgan "Istiqbol" gimnaziya maktabi bolalari uchun "MRM mamlakatiga sayohat" kitobining yuzaga kelishi bo’ldi.

 "MRM mamlakatiga sayohat"

Bolalar kitoblari orqali ularning qiziqishlarini oshirish jamoviy harakatining  yana bir samarali uslubidir. "MRM mamlakatiga sayohat" ertak kitobi mashhur milliy qiziqchi Xo’ja Nasriddin qiyofasi orqali MRM maqsadlarini tanishtirishni o’z ichiga oladi va u  10-15 yoshli bolalarga  mo’ljallangan.

Xo’ja Nasriddin XIII asrdan yuzaga kelgan  O’zbek milliy folklor  qahramoni bo’lib, hozirgi kuniga qadar el orasida sayohat qiladi. Kitobda esa U o’z tajribasini shahar va qishloqlarda sinaydi: ta’lim, kasalliklar, Orol qurishi muammosi va boshqa ko’plab savollarni o’quvchilarga beradi. Kitob Mingyillik Rivojlanish Maqsadlarini yoritadi va bolalarga o’z hayotlarini yaxshiroq yo’lga qo’ya olishlari kabi muhim masalalar haqida ma’lymot beradi.

Kitobdagi  hikoyalargina  emas, balki u taqdim etadigan interfaol o’yinlarni yechish ham qiziqarlidir. Yosh o’quvchi "Sen bo’lajak mutaxassisliging yo’lida endilikda qanday tayyorgarlik ko’rasan? ", "Ta’limda o’g’il va qizlarning huquqlarini kengaytirish uchun nima qilinishi darkor?", "Nima uchun go’daklarni erta yoshdanoq emlash lozim?" kabi savollarga javob topishiga to’g’ri keladi.

"Men bu kitobni juda yaxshi ko’raman. U menga  hayotimiz yanada qiziqarliroq bo’lishi uchun numa qilishimiz kerakligini tushuntiradi. Men ta’lim olish nafaqat bizning maktablarimizda o’qitiladigan ilmlardan, balki, salomatlik,  yuqumli kasalliklardan qanday saqlanish  kabi bilmlardan ham iboratligini  angladim" - deydi Marg’ilon shahri "Istiqbol" gimnaziyasi o’quvchisi.