O’zbekistonda MRMning Yoshlar Tarmog'i
O'zbekiston yoshlarining MRM harakatiga jalb qilinishlari ularning o'z mahalliy uyushmalari hayotidagi faoliyatlari yo'lida jamoaviy birdamligiga bevosita bog'liq.
O'zbekistondagi yosh avlod juda faol va o'z fikrlarini ifoda qilishlari uchun ulkan kuchga egadirlar. Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari taraqqiyotning global belgilari hisoblanadi va aynan shunga ko'ra munosib chora tadbirlarni yaratish orqaligina yoshlar o'zaro hamkorlik harakatlari natijasidai ta’limga doir hamda jamoaviy loyihalarni samaraliroq anglay oladilar.
Tarixga nazar
2005 yil Shotlandiyaning (Sterling) shahrida bo'lib o'tgan 3- Jahon Yoshlari Kongressi O'zbekistonlik delegatlar uchun unutilmas voqea bo'ldi.Kongress maqsadi jahonning rivojlanayotgan davlatlaridan bo'lgan ko'p sonli yosh yetakchilarning taraqqiyot loyihalarini rag'batlantirish va Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari belgilarining chaqirig'i haqida kengroq ma'lumot berish edi.
O'zbekistondan uch ishtirokchi bo'lib o'tgan Kongressda qatnashdii va o'z yurtlarida MRMni yanada yaxshiroq yo'lga qo'yish borasidagi fikrlarini o'rtoqlashishdi. O'zbekistonga qaytgach, ularning har biri Butun Jahon Yoshlari Kongressi haqida hamda MRM ko'magi ostida yoshlarning bu jarayondagi faoliyatlarini kengaytirish borasida taqdimot o'tkazdilar. Kongressning "Hayotni yanada yuksaltir!" shiori (bu Kongressda shunday tus oldi) jahon mamlakatlarining ko'plab yosh yetakchilariga ilhom baxsh etdi.
Keyinroq MRMning Yoshlar Tarmog'ini milliy saviyada yuzaga keltirish sari qadam qo'yildi.
MRMning O'zbekiston Yoshlar Tarmog'i faoliyati 2005 yil Noyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan birgalikda tashkillashtirilgan talabalar konferensiyasi bilan boshlandi. Konferensiyadan maqsad ta’lim, jinslararo tenglik, bolalar va onalar salomatligi, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va axolining yashash sharoitini yaxshilash masalalariga doir forumlarga jalb qilish va bu borada ularga dalda berish edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakolatxonasi ekspertlari MRM ga bog'liq ana shu muammolarni global va milliy asosda taqdim etdilar. Talabalarga hukumat hamda Xalqaro Donor Tashkilotlarining O'zbekistonda MRM hamkorligida amalga oshirgan muvaffaqqiyatli natijalari tushuntirib o'tildi.
Keyingi faoliyat bo'lajak siyosatshunoslar, iqtisodchilar va huquqshunoslarga MRMning asl maqsadi va uning umum hayotidagi ahamiyatini ko’rsatib berish bo'ldi. Konferensiya davomida gender tenglik va qizlar ta’limini qo'llab quvvatlash, ona va bola salomatligi masalalariga doir bir qancha savollar muhokama qilindi. Anjuman O'zbekistonda Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari kelajak Faoliyat Rejalarida talaba yoshlarning ishtiroklari muhimligini qayd etish bilan yakun topdi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidagi talabalar konferensiyasidan ruhlanib 2005 - yil Dekabr oyida Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida talabalarning o'zlari bevosita taqdimot o'tkazdilar. Dastlabki maqsad MRM o'zagiga yoshlarni ko’proq jalb qilish, ularning faoliyatini yanada kengaytirish hamda dastlabki konferensiyaga asoslangan holda ta’lim, salomatlik, OIV/OITS, gender tenglik va atrof muhit sohalari bo'yicha milliy ekspertlarni yig’ish, ular bilan maxsus hamkorlikni yo’lga qo’yish edi. Toshkent Xalqaro Vestminster universitetidagi bevosita taqdimot sezilarli darajada yaxshi natijalar va fikr mulohazalar bilan o'tdi. Talabalar o'zlarini tanlagan yo'nalishi bo'yicha mutaxasissdek his qildilar. Tayyorgarlik jarayoni esa ularga MRM bo'yicha o'z bilmlarini ham global, ham milliy saviyada oshirishlariga yordam berdi.
Mingyillik Rivojlanish Maqsadlarini yanada yuksaltirish g'oyasi "Jamoani shakllantirish" treningi davomida o'ziga hos asosga ega bo’ldi. O'zbekistondagi MRM taqdimotlarida aksariyat talaba yoshlar ishtiroki ularda o'z tengdoshlari bilan aloqa o'rnatish istagi juda yuqori ekanligini ko'rsatdi. Bu orada talaygina jo'shqin talabalar boshqa tengdosh yaqinlarini MRM haqida xabardor qilishga ham ulgurdilar.
Interfaol mashqlar davomida talabalar kelgusidagi hamkorlik uchun bir-birlarini yahshiroq bilib olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Shu davrdan e'tiboran, talaba yoshlarning dastlabki tashabbuskorlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O'zbekistondagi Vakolatxonasi ko'magi bilan MRM Yoshlar Tarmog'I O'zbekistonda MRM ga erishish jarayonlarini tezlashtirishda yosh avlodga madad beruvchi omil bo'lib xizmat qilmoqda.







