JAHON BANKI

Janob Takuya Kamata - Jahon bankining O’zbekistondagi
doimiy vakolatxonasi rahbari
Tashkilot faoliyati
O’zbekistondagi Jahon bankining asosiy maqsadi aholining yashash darajasini yaxshilashga qaratilgan. Bank konsultatsiya berish va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda mamlakatning infrastruktura tuzilmalarini modernizatsiyasi qilish bo’yicha loyihalarni moliyalashtirish orqali mazkur vazifani bajaradi. Jahon banki o’z faoliyatini dunyo bilim va tajribasidan foydalangan holda, O’zbekiston hukumat organlari va jamiyati bilan birgalikda olib boradi.
Asosiy yo’nalishdagi faoliyatlar
Jahon bankining O’zbekistonga yordam ko’rsatish strategiyasi 2007-yili O’zbekiston Hukumati tomonidan qabul qilingan aholining farovonligini oshirish strategiyasini qo’llab quvvatlagan holda ishlab chiqilgan. Mazkur strategiya 2008-2011 yillarni qamrab olgan bo’lib, quyidagi vazifalarni ko’zlaydi:
• Iqtisodiy o’sish uchun sharoitlar yaratish;
• Qishloq hududlarida yashovchi aholining daromad va iqtisodiy imkoniyatini oshirish;
• Aholiga sog’liqni saqlash, ta’lim va suv ta’minoti sohalarida taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish;
• Xususiy sektor uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;
• Atrof-muhit masalalari va tabiiy ofat xavflarini yanada samarali boshqarish, global ijtimoiy farovonlikni ta’minlash;
• Asosiy sohalarda belgilangan choralar siyosati bo’yicha konsultatsiya berish.
Asosiy hamkorlar
Hukumat idoralari:
• Moliya vazirligi
• Iqtisodiyot vazirligi
• Sog’liqni saqlash vazirligi
• Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
• Xalq ta’lim vazirligi
• O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
• O’zbekiston Markaziy Banki
• Davlat mulk qo’mistasi
• Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi
Tashkilotlar:
• Osiyo taraqqiyot banki
• Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki
• BMT Agentliklari
• Xalqaro valyuta fondi
• Boshqa ikki tomonlama va ko’p tomonlama rivojlanish tashkilotlari
Hamda:
Fuqarolik jamiyati
Parlament
Ilm-fan idoralari
Yoshlar
Xususiy sektor
Murojaat uchun ma’lumot:
JAHON BANKI
O`zbekiston, Toshkent shahri,
Xalqaro biznes markaz,
A. Temur ko’chasi, 107 B - uy, 15 qavat, 100084
Tel: (+ 998 71) 238 59 50
Veb-sahifa: www.worldbank.org/uz





