BMT va O'zbekiston
Kerakli manbalar
Kuzatib boring

BMT matbuotda

UNESCO

BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti (UNESCO)

 

Janob Xorxe Evan Espinal, UNESCOning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

 

Tashkilot faoliyati

 

UNESCO - BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti bo’lib, 1945-yil 16-noyabrda tashkil topgan. Tashkilot bosh qarorgohi Parijda (Fransiya) joylashgan. BMTning ixtisoslashgan agentligi sifatida UNESCO tinchliikni saqlash, qashshoqlikka qarshi kurash, barqaror rivojlanish va ta’lim, fan, madaniyat, kommunikatsiya va informatisya orqali madaniyatlararo muloqatga ko’mak beradi. Shunday qilib, UNESCO 193 ta A’zo davlatning xalqaro koopertsiyasi va UNESCOning 6 assotsatsiyalashgan A’zolariga  umumqadriyatlarni va har bir tamaddun, madaniyat qadriyatlarini hurmat qilish asosida muloqatlar uchun sharoitlar yaratishga bevosita ko’maklashadi.

UNESCOning Toshkentdagi ofisining asosiy maqsadi bu UNESCO Kotibiyatini O’zbekistondagi ta’lim, fan, madaniyat sohalariga tegishli bo’lgan masalalarni va O’zbekistondagi BMT tizimining tadbirlarini amalga oshirishni va rejalashtirishni ta’minlaydi. Bu maqsadlardan yana biri UNESCO dasturi bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish va oldinga siljitish maqsadida fondlarni jalb qilish, O’zbekistonda UNESCO ishlari bo’yicha milliy komissiya , milliy va xalqaro hamkorlar bilan yaqindan faoliyat olib borishdan iborat.

 

Asosiy yo’nalishdagi faoliyatlar

 

Ta’lim

 

Toshkentdagi UNESCO vakolatxonasi O’zbekiston Hukumatiga texnik ko’mak berish, standartlar, novatorlik loyihalarini ishlab chiqish va mutaxassislik ma’lumotlarini almashish uchun setlar yaratish orqali t'alim soxasida sifatni ta’minlash va takomillashtirishga yordam beradi.

O’zbekiston UNESCO vakolatxonasining T'alim bo’limi  mamlakat ta’lim sohasida o’qituvchilar salohiyatini oshirish, o’qitish tizimidagi sifatni ko’tarish va ta’lim treninglari orqali o’rganishga ko’mak berishga yo’naltirilgan. Shu bilan birga ta’lim sektori quyidagi faoliyatlarga jalb qilingan:

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida o’qituvchilarga IKTni o’quv va o’qitish jarayonida joriy qilish bo’yicha  treninglar o’tkazish;

Ta’limni Boshqarish, Ma’lumot Tizimini joriy qilish va o’rta ta’limning barcha darajalari haqida ishonchli ma'lumotlarni tanlash , qidirish uchun imkoniyatlar yaratish orqali yuqori lavozimdagi kishilarning xabardorligini kuchaytirish;

O’zbekistonda texnik va o’rta maxsus Ta’limni rivojlnatirish va kuchaytirish jarayoniga ko’mak berish. Shu maqsadda UNESCOning Toshkentdagi ofisi texnik va o’rta-maxsus ta’lim tizimining mamlakat miqyosidagi tahlilini o’tkazadi;

Barqaror rivohlanish yo’lidagi ta’lim. Bu yo’nalishda barqaror rivojlanish masalasida O’zbekiston Milliy Universiteti bilan birgalikda mavjud bo’lgan o’quv rejalariga Barqaror rivolanish uchun Ta’lim konsepsiyasini joriy qilish, shu bilan birga Barqaror Rivojlanish masalasida ta’lim mutaxassislarining xabardorligini oshirishga TuT(trenerlar uchun treninglar) o’tkaziladi;

UNESCO OIV/OITS borasida 5 ta sohada ta’lim sektorida javob choralarini ishlab chiqish bo’yicha tadbirlarni qo’llab quvvatlaydi. Bularga:

ta’lim sifati, matn, o’quv rejasi va ma’lumot beruvchi manbaalar, o’qituvchilar uchun ko’mak va treninglar, boshqaruv tizimi va siyosatini ishlab chiqish kiradi. UNESCO OIV/OITS va Ta’lim bo’yicha Global Tashabbus UNAIDS, EDUCAIDS dasturlariga rahbarlik qiladi. Shu bilan birga, tashkilot UNESCOga A’zo davlatlarning OIV/OITS masalasidagi profilaktika, tuzatish, parvarish qilishga mukammal yo’l topish harakatlarini qo’llab quvvatlaydi.

 

Madaniyat

 

Madaniyat sohasida UNESCO quyidagi vazifalarni bajaradi:

1972-yildagi Butunjahon Madaniy va Tabiiy Merosni Himoya qilish Konvensiyasini amalda tatbiq qilish bo’yicha davlatning moddiy merosini asrash. Konvensiyada ba’zi geografik joylarning olamshumul ahamiyat kasb eitishi va jamiki insoniyatning merosi ekanligi qayd etib o’tilgan. Hozirgi kunga kelib 4ta shahar: Xiva(Ichan qal''a) Samarqandning tarixiy marakzlari, Buxoro va Shaxrisabz Butunjahon Meroslar Ro’yxatiga kiritilgan. Shu maqsad yo’lida UNESCO Buxoro tarixiy markazi boshqaruv rejasining tayyorlanishi uchun GMT(Geografik ma’lumot tizimi) asosida holatini baholash va hujjatlashtirishni o’tkazadi, Samarqand bo’ylab sayoxatnoma ishlab chiqish va arxeologik artefaktlar konservatsiyasi yuzasidan treninglar tashkil qiladi.

O’zbekiston tomonidan 2008-yilda ratifikatsiya qilingan 2003-yilgi Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish Konvensiyasini amalga oshirish orqali nomoddiy merosni himoya va targ’ibot qilish. Boysun tumani va Shashmaqom(mumtoz musiqa) Insoniyatning Ramziy Nomoddiy Meroslar Ro’yxatiga kiritildi. UNESCO doirasida Qoraqalpog’iston musiqa an'analari inventarizatsiyasi o’tkaziladi;

Hunarmandchilik, yarmarkalar tashkillashtirish va maqolalar- "Xorazmning oltin uzugi" (Golden Ring of Khorezm) Qoraqalpog’iston va Xorazm Madaniyati bo’yicha sayoxatnoma singari  maqolalarni nashr qilish orqali madaniy xilma xillikni, madaniyatlararo muloqatni va madaniy turizmni targ’ib qilish. Farg’ona vodiysida OIV infeksiyasi bilan hayot kechirayotgan bolalarga ham rassomchilik bilimlarini va texnik mahoratlarini o’rganish imkonini beruvchi ksilografiyasining qayta tug’ilishi;

Harakatlanuvchi Madaniy Meros va Madaniy turizm sohalarida Milliy salohiyatni oshirish - asosan muzeylarda, trening va nashrlar: muzey boshqaruvi bo’yicha seminarlar, muzey xodimlari uchun xavfsilik choralari va muzey kolleksiyalari konservatsiyasini ta’minlash, madaniy meros menedjmenti bo’yicha sayoxatnoma va qo’llanmalarning tarjimasi va nashri orqali bajariladi.

 

FAN

 

UNESCO ilmiy va texnologik jarayonni ahloqiy jihatdan turli jamiyatlarning madaniy, huquqiy, falsafiy va diniy meroslarini ko’rib chiqish kerak deb hisoblaydi. O’zbekistonning atrof-muhit va tabiiy merosini himoya qilish masalalariga quyidagilar kiradi:

 

Urganchdagi ZEF/UNESCO loyixalari kabi yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ilmiy va tadqiqot loyihalari orqali targ’ib qilish;

Samarqandda har yili yozgi lagerlarda o’tkaziladigan quyosh energiyasi bo’yicha yosh olimlar ixtirolari orqali energiyaning yangi turlaridan foydalanishni targ’ib qilish;

Maktablarda barqaror rivojlanish borasida xabardorlikni oshirish orqali tabiiy fanlar sohasida ta’limni rivojlantirish;

Atrof-muhit masalalari bo’yicha nashrlar: O’zbekiston Ekologik Atlasi, O’zbekistondagi buloqalar Atlasini chop etish;

Ekologiyaga zarari tegmaydigan texnologiyalarni ishlab chiqish: Indigo madaniyatini Xorazm va Qoraqalpog’istonda joriy qilish.

 

Kommunikatsiya va Ma’lumot

 

O’zbekistonda kommunikatsiya va informatsiya soxasini rivojlantirishga ko’mak berish, informatsiya va bilimlarga teng imkoniyat berish Toshkent UNESCO ofisi Kommmunikatsiya va Ma’lumot bo’limining ustuvor vazifalariga kiradi. Kommunikatsiya va Ma’lumot bo’limi milliy hamkorlar bilan birgalikda kommunikatsiya va ma’lumot ahamiyatini oshirish bo’yicha quyidagi loyihalarni amlaga oshirishni rejalashtiryapti:

 

• Mustaqil, erkin va plyuralistik OAV ni rivojlanishini va uning  jamiyatning barqaror rivojlanishidagi ishtirokini rag’batlantirishini qo’llab quvvatlash. Bu yo’nalishda UNESCOning Toshkentdagi ofisi milliy hamkorlar bilan birgalikda turli -tuman media-kontent yaratdi  va qishloq joylar uchun  media loyihalar orqali media mutaxassislarining salohiyatini oshirishga imkon beruvchi loyihalarini ishlab chiqdi.

• Informatsion strukturani rivojlantirish va ma’lumotga bo’lgan umumiy ehtiyojni rag’banlantirish. Bu dastur doirasida muzey va arxivlar kolleksiyalaridan madaniy ta’limi va tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan avvalgi ma’lumotlarni raqamlashtiradigan loyiha amalga oshirilmoqda.

• Mustaqil va plyuralistik OAV rivojlanishi uchun sharoitlar yaratishda milliy harakatlarni qo’llab quvvatlash. Shu maqsadda UNESCO OAV maxalliy mutaxassislarining kasb imkoniyatlarini kuchaytirish uchun atrof muhit masalalariga, asosan, Xorazm va Qoraqalpog’istonga urg’u bergan holda treninglar o’tkazmoqda.

 

Asosiy hamkorlar

 

Milliy hamkorlar:

 

• O’zbekiston Respublikasi UNESCO Milliy Komissiyasi,

• Milliy va xalqaro NNT va jamg’armalar,

• Hukumatlararo tashkilotlar

• Ikkitomonlama va ko’ptomonlama tashkilotlar,

• Shahar va mahalliy hokimiyatlar,

• Xalqaro muassasa va tashkilotlar

• Vazirliklar,

• Xususiy sector,

• OAV,

• UNESCO klublari,

• Markaz va assotsiatsiyalar

 

Xalqaro hamkorlar:

 

• CRA Terre-ENSAG,

• ICOMOS,

• CACSA,

• IICAS,

• Barselona Universiteti,

• Shveytsariya Hukumati,

• O’zbekistondagi BMT agentliklari

 

Murojaat uchun ma’lumot:

UNESCO

O`zbekiston,Toshkentshahri, 100037

Ergashev ko`chasi, 9-uy

Tel: (+ 998 71) 1207116, 1207154, 1207155

Faks: (+ 998 71) 1205159

Veb-sahifa: http://www.tashkent.unesco.org