BMT va O'zbekiston
Kerakli manbalar

BMT matbuotda

On The spotlight

UNFPA

O’zbekistonda BMTning Aholishunoslik jamg’armasi (UNFPA)

 

Janob Karl Kulessa, UNFPA Vakili

 

UNFPA, BMTning Aholishunoslik jamg’armasi, rivojlanish bo’yicha xalqaro agentlik hisoblanaib, u har bir ayol, har bir erkakning va har bir bolaning teng imkoniyatli sog’lom hayotga bo’lgan huquqini ilgari suradi. UNFPA kambag’allik darajasini kamaytirishga qaratilgan dastur va siyosatlarni ishlab chiqishdagi ma’lumotlardan foydalanishni va shu bilan birga har bir homiladorlik istlagan, har bir tug’ish jarayoni xavfsiz, har bir inson OIV kassalligidan himoyalangan, va har bir xotin-qizga hurmat va e’tibor  bo’lishini qo’llab quvvatlaydi.

 

Asosiy yo’nalishdagi faoliyatlar

 

Tashkilotning O’zbekistondagi faoliyati 1993 yilda boshlangan bo’lib, hozirgi kunda mazkur agentlik milliy hamkorlar bilan birgalikda Mamlakat miqyosidagi ikkinchi Dasturini (2005 - 2009 y.) amalga oshirmoqda. Asosiy faoliyatlar quyidagi yo’nalishlarni tashkil etadi:

 

 • Reproduktiv salomatlik (RS) sohasida yuqorisifatli xizmat ko’rsatish maqsadida O’zbekiston 

Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va mamlakatdagi asosiy tibbiyot muassasalarining salohiyatini oshirishda yordam ko’rsatish. Mazkur yo’nalish RS bo’yicha xizmat ko’rsatish sohasida jalb qilingan kadrlar salohiyatini oshirishni, reproduktiv salomatlik sohasida zarur bo’lgan mablag’ va asbob-uskuna bilan ta’minlashni, ona salomatligi va RS sohasida mavjud xizmat sifatini yaxshilashda xalqaro standartlarni joriy etishni o’z ichiga oladi. UNFPA  Mutaxassislar bilim va xizmat sifatini oshirish komponenti kontraseptiv vositalarini yetkazib berish, mutaxassisligiga bog’liq bo’lgan axborot va ta’lim materiallarini chop etish va ommaviy axborot vositalari (OAV) bilan ishlashni qo’llab quvvatlab kelmoqda.

 

• Reproduktiv salomatlik  - sohadagi xizmatga bo’lgan talabning oshishi, bilimlarni yaxshilash va aholining reproduktiv salomatlik, OIV/OITS va jinsiy yo’l bilan o’tuvchi boshqa kasalliklarga qarshi kurash, istalmagan homiladorlik va gender munosabatlari haqidagi ma’lumotga yo’l ochish bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur yo’nalishdagi faoliyat treyninglar tashkil etish, ijtimoiy tadbir va tematik tadqiqotlar o’tkazish, axborot materiallarini chop etish va OAV bilan ishlash orqali olib borilmoqda;

 

• UNFPA faoliyati qaror qabul qiluvchi shaxslar, din arboblari va uyushma boshliqlarini eng asosiy xujjatlar tamoyillari, xususan, Aholishunoslik va rivojlanish muammolari borasida xalqaro konferensiya va Ayollar kamsitilishining barcha turlarini tugatish to’g’risidagi Konvensiya (CEDAW) haqida ma’lumot berishga asoslangan. Mazkur yo’nalish bo’yicha faoliyat O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi va boshqa bir qator hamkorlar bilan birgalikda ommaviy tadbirlar, ta’lim kurslarini o’tkazish, axborot materiallarini chop etish va OAV bilan ishlashni o’z ichiga oladi. Hozirgi paytda O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi va viloyatlardagi mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ayollarni ijtimoiy-huquqiy qo’llab quvvatlash markazlarini tashkil etish bo’yicha qator ishlar olib borilmoqda.  

 

• O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat statistika qo`mitasi bilan hamkorlikda ta’lim va ijtimoiy tadbirlar o’tkazish orqali statistika bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar salohiyatini oshirish, bundan tashqari, mazkur yo’nalish doirasida tadqiqot ishlari, axborot materiallarini chop etish va OAV bilan ishlash borasida qator ishlar ham shulsr sirasiga kiradi.

 

• Aholishunoslik va rivojlanish masalalari bo’yicha hokim o’rinbosarlari va boshqa hukumat vakillarini ma’lumotlar bilan ta’minlash. O’zbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi iqtisodiy-ijtimoiy tadqiqotlar markazi va Ayollar qo’mitasi bilan hamkorlikda seminarlar o’tkazish .

 

Asosiy hamkorlar

 

• O’zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi

• Xalq ta’limi vazirligi

• Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

• Respublika reproduktiv salomatlik markazi

• Respublika OITS markazi

• Respublika perinatal markazi

• O’zbekiston Respublikasi Ayollar qo’mitasi

•Toshkentshifokorlar malakasini oshirish instituti

• O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

• O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi

 

Murojaat uchun ma’lumot

 

UNFPA

O`zbekiston,Toshkentshahri, 100090

M.Tarobiy ko’chasi, 14-uy

Tel: [998] (71) 1206899

Faks: [998] (71) 1206897

Veb-sahifa: www.unfpa.uz

 

MODOMIKI HAR KIM AHAMIYATGA EGA!