BMT va O'zbekiston
Kerakli manbalar

BMT matbuotda

On The spotlight

JAHON SOG'LIQNI SAQLASH TASHKILOTI

Mishel Tayad - Jahon sog''liqni saqlash tashkiloti vakolatxonasining rahbari
 
Tashkilot faoliyati
 
Jahon sog''liqni saqlash tashkiloti 1948 yilda tashkil topgan bo''lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining sog''liqni saqlash sohasi bo''yicha ixtisoslashgan agentlik hisoblanadi. Jahon sog''liqni saqlash tashkilotining O''zbekistondagi vakolatxonasi - Yevropa Mintaqaviy Ofisining bir qismi hisoblanadi. Mazkur mintaqaviy Ofis Jahon sog''liqni saqlash tashkiloti tuzilmasiga qarashli oltita mintaqaviy ofislaridan biridir.
 
O''zbekiston Jahon sog''liqni saqlash tashkilotiga 25 may 1992 yilda a''zo bo''lgan. 1993-yildan boshlab Jahon sog''liqni saqlash tashkiloti va O''zbekiston o''rtasida yaqin hamkorlik aloqalari boshlandi: Jahon sog''liqni saqlash tashkilotining O''zbekistondagi vakolatxonasi mamlakatda rivojlanishning umumiy maqsadi - Hamma uchun salomatlikka erishish yo''lida muhim ro''l o''ynaydi. 
Ijtimoiy sog''liqni saqlash tizimini mustahkamlash va sog''liqni saqlash sohasida mavjud ustuvor vazifalarni amalga oshirish yo''lidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, O''zbekistonda so''ngi yillar ichida mazkur sohada katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Jahon sog''liqni saqlash tashkiloti tomonidan ko''rsatilayotgan texnik yordam Sog''liqni saqlash vazirligining salohiyatini mustahkamlashda muhim ro''l o''ynamoqda va o''z navbatida sog''liqni saqlash tizimining umumiy samaradorligini oshirish va innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qilmoqda. Buning natijasida barcha darajadagi ko''mak yaxshilanmoqda.
 
Asosiy yo''nalishdagi faoliyatlar
 
Jahon sog''liqni saqlash tashkiloti faoliyati o''z ichiga hamkorlikning qator strategik yo''nalishlarini kiritadi. Bu yo''nalishlar O''zbekiston Respublikasi Sog''liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilab olinadi va Hamkorlik masalalari bo''yicha ikki yillik shartnomasida o''z aksini topadi. 2008-2009 yillarga mo''ljallangan Hamkorlik masalalari bo''yicha ikki yillik shartnoma doirasida Jahon sog''liqni saqlash tashkilotining faoliyati quyidagilarga qaratilgan:
 
1. Yuqumli kasalliklar: Mingyillik Rivojlanish Maqsadlariga erishishni ta''minlashga qaratilgan immunizatsiya dasturlari; chaqaloqlar o''limini kamaytirish, immunizatsiya tizimini yaxshilash, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashni kuchaytirish. Bunga, parranda grippi va gripp pandemiyasini nazorat qilish ham kiradi.
 
2. OIV/OITS, tuberkulyoz va malyariya: Mazkur kasalliklarning oldini olish, davolash va parvarish qilishda Sog''liqni saqlash vazirligiga ko''mak berish.
 
3. Yuqumli bo''lmagan kasalliklar: kasalliklarning oldini olish va kamaytirish, mehnatga layoqatsizlik, yuqumli va surunkali bo''lmagan kasalliklardan vaqtdan oldin dunyodan ko''z yumish, ruhiy hastalik, zo''ravonlik va travma.
 
4. Ona va bola salomatligi - kasallik va o''limni kamaytirish, hayotning asosiy davrlarida - homiladorlik, chaqaloqning dunyoga kelishi, neonatal davr, yoshlik va o''smirlik davr, jinsiy va reproduktiv salomatlikni yaxshilash, salomatlik sohasida tenglikga e''tibor berib va hayotiy yondashuvdan foydalangan holda ma''lum shaxslar uchun faol va sog''lom qarishni qo''llab quvvatlash.
 
5. Oziqlanish va oziq ovqat mahsulotlar xavfsizligi: ovqatlanish holatini yaxshilash, oziq ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta''minlash va sog''liqni saqlash va rivojlanishni qo''llab quvvatlash maqsadida oziq ovqat bilan ta''minlash.
 
6. Qoraqalpog''iston loyihasi va uning quyidagi maqsadlari:
• Iqlim o''zgarishi va havo ifloslanishining odam sog''lig''iga bo''lgan ta''sirini baholash maqsadida milliy salohiyatni oshirish;
• Iqlim o''zgarishi natijasida inson sog''lig''ini ta''minlash maqsadida milliy rejani rivojlantirish;
• Iqlim jarayonlari bilan bog''liq nafas yo''li kasalliklarni kamaytirish;
• Sog''liqni saqlash tizimida oziq ovqat va davolanish sifatini yaxshilash;
• O''zbekiston Gidrometmarkazi bilan hamkorlikda sog''liqni saqlash sohasi tomonidan oldini olish dasturini rivojlantirish maqsadida aholini changli bo''ron haqida oldindan ogohlantirish.
 
7. Salomtlik va inshon ququqlari. 2008 - yil iyul oyida O''zbekistondagi Jahon sog''liqni saqlash tashkiloti quyidagi sohalarda yordam ko''rsatish maqsadida Inson huquqlari bo''yicha vakil - Ombudsmanni rasman jalb etdi.
• Sog''liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan ishchilarga inson salomatligi va bemorlar huquqlarini himoya qilish haqida ta''lim berish;
• Sog''liqni saqlash va jamoatchilik sohasida faoliyat yuritayotgan ishchilar orasida salomatlik huquqi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida murabbiylarga ta''lim berish va tayyorlash;
• Sog''liqni saqlash hamda jamoatchilik sohasida faoliyat yuritayotgan ishchilarga mo''ljallangan bemorlar huquqini yoritib berishga qaratilgan materiallarni rivojlantirish va chop etish;
Natijada, Ombudsman, Sog''liqni saqlash vazirligi Jahon sog''liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda Inson huquqlari va Sog''liqni saqlash sohalari o''rtasidagi bog''liqliklarni taqsimlash maqsadida qator seminarlar o''tkazib kelmoqdalar.
 
8. O''zbekiston Dori darmon vositalari bo''yicha milliy siyosat yuritilishining monitoringini kuchaytirdi.
 
9. Jahon sog''liqni saqlash tashkilotining mamlakat doirasida o''tkazayotgan siyosatiga har tomonlama ko''mak berish, BMT doirasidagi faoliyatlar bilan bir qatorda asosiy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish.
 
Asosiy hamkorlar
 
Har bir texnik dastur Sog''liqni saqlash vazirligining muayan boshqarmasi va Milliy Muvofiqlashtiruvchi bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Faoliyatning maksimal darajasiga erishish maqsadida quyidagi milliy va xalqaro muassasalar bilan hamkorlik qiladi:
 
• Oliy Majlis,
• Ichki ishlar vazirligi
• Tashqi ishlar vazirligi
• O''zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo''mitasi
Xalqaro hamkorlar:
• BMTTD
• UNICEF
• Jahon Banki
• BMTning Aholishunoslik jamg''armasi
• UNAIDS
• UNESCO
• MSF (Holland),
• AQSH xalqaro taraqqiyot Agentligi (USAID)
• Yuqumli kasalliklarni nazorat qilish bo''yicha Amerika markazi (AQSH)
• «ZdravPlus»,
• Osiyo taraqqiyot banki,
• OIV/OITS, tuberkulyoz, malyariyaga qarshi kurash bo''yicha global fond
• Yevropa Uyi,
• Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti
 
Murojaat uchun ma''lumot
 
Jahon sog''liqni saqlash tashkilotining O''zbekistondagi vakolatxonasi
O`zbekiston, Toshkent shahri, 100100
M.Tarobiy ko''chasi, 16-uy
Tel: (998 71) 281 51 72/73/74/75/76
Faks: (998 71) 281 51 78