BMT va O'zbekiston
Kerakli manbalar
Kuzatib boring

BMT matbuotda

UNAIDS

BMTning OIV/OITS bo’yicha birlashgan dasturi (UNAIDS)

 

Janob Deni Avo - UNAIDSning O’zbekistondagi vakili

 

Tashkilot faoliyati

 

Davlatlarda OIV tarqalish holatlarining oldini olish, OIV bilan hayot kechirayotgan insonlarning davolanishi va parvarishlanishini ta’minlash hamda epidemiyaning oqibatlarini yumshatish maqsadida UNAIDS, BMTning OIV/OITS bo’yicha birlashgan dasturi OITS global epidemiyasiga qarshi kurashda BMT tizimiga qarashli yettita agentlikning sa’y harakatlari va resurslarini birlashtiradi. UNAIDS davlatlarga OIVning oldini olish imkoniyatini maksimal darajada ta’minlash, davolash, parvarish etish, to’xtatish va epidemiya tarqalishiga yo’l qo’ymaslik majburiyatlarini bajarishda yordam berib kelmoqda. BMTning OIV/OITS bo’yicha birlashgan dasturining sa’y-harakatlari dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida UNAIDS Kotibiyati tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.

 

UNAIDSning mamlakatdagi faoliyati OIV epidemiyasiga samarali javob qaytarishda milliy yetakchilikni mustahkamlash va fuqarolik jamiyatini jalb etishni qo’llab-quvvatlash, hamkorlikni rivojlantirish hamda OIVga oid strategik ma’lumotlarni boshqarish kabi masalalarga qaratilgan. UNAIDS OITSga qarshi kurash dasturlarining samaradorligini baholash va monitoring o’tkazish salohiyatini mustahkamlashda texnik yordam ko’rsatadi va davlatlarga texnik va moliyaviy resurslarga yo’l ochilishini ta’minlaydi.

 

Asosiy yo’nalishdagi faoliyatlar

 

O’zbekistonda UNAIDSning milliy maqsadi - OIV epidemiyasini davolash, parvarish qilish, qo’llab quvvatlash va OIVning oldini olish imkoniyatlarini yaratish orqali vaziyatni  barqarorlashtirishga yo’naltirilgan sa’y-harakatlarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan. Milliy hamkorlar bilan kelishilgan holda, asosiy e’tibor "Uchta birlik tamoyillari"ni amalga oshirish (epidemiyaga qarshi kurashda yagona kelishilgan harakatlar, OITS bo’yicha yagona milliy muvofiqlashtiruvchi organ va yagona kelishilgan monitoring va baholash tizimi), ko’psektorli hamkorlikni mustahkamlash, professional va institutlashgan salohiyatni rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini jalb etish (OIV bilan hayot kechirayotgan insonlarni ham jalb etgan holda), ichki va tashqi resurslarni mobilizatsiya etishga qaratilgan.

 

"Uchta birlik tamoyillari"ni amalga oshirishda yordam

 

2008-yilda UNAIDS 2007-2011 yillarga mo’ljallangan OIV tarqalishiga qarshi kurash strategik dasturini amalga oshirish bo’yicha barcha hamkorlarning sa’y-harakatlarini jamlashga qaratilgan yordamini davom ettirdi. Xususan, aholiga xizmatlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratib berishni qo’llab quvvatlash choralari BMTning Rivojlanish maqsadlarida yordam ko’rsatish bo’yicha  dasturga kiritildi. UNAIDS mamlakat doirasidagi muvofiqlashtirish qo’mitasi A’zosi sifatida mazkur qo’mitaning tashabbusi bilan tashkillashtirilgan barcha tadbirlarda ishtirok etdi. UNAIDS mutaxassislari mamlakatning alohida hududlarida OIV tarqalishiga qarshi kurash strategik dasturini amalga oshirish monitoringida ham ishtirok etdilar.

 

Shu bilan birga Epidemiya tarqalishiga qarshi harakat samaradorligini nazorat qilish va baholash bo’yicha milliy qo’llanmani tayyorlashda yordam ko’rsatdi va joylarda tadbirlarni rejalashtirishda epidemiologik nazorat natijalaridan foydalanish bo’yicha tavsiyalar berildi.

 

UNAIDS OIV/OITSga qarshi chora-tadbirlarga sodiqlik Deklaratsiyasi holatlarining amalga oshirilayotganligi to’g’risida O’zbekiston Respublikasining hisobotini tayyorlashda ko’maklashdi. 2008-yil yanvar oyida taqdim etilgan hisobot O’zbekistonning Deklaratsiyani amalga oshirish bo’yicha erishilgan yutuqlarini aks ettiradi. UNAIDS OITS bo’yicha yuqori darajadagi Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining ishtirokini qo’llab quvvatladi. Mazkur uchrashuvda OITS bo’yicha global masshtabda majburiyatlar bajarilishining tahlili bo’lib o’tdi.

 

Hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish va salohiyatni kuchaytirishga yordam berish

 

UNAIDS ko’p-sektorlik hamkorlikni kuchaytirish va turli sektorlarning OIV kasalligiga qarshi kurashishdagi ishtirokini kengaytirishga asosiy e’tiborini qaratmoqda. UNAIDS OITS bo’yicha kengaytirilgan tartibdagi tematik guruhga yordam ko’rsatishni davom ettirib kelmoqda. Mazkur tematik guruh ma’lumotlar almashish bo’yicha asosiy dastur hisoblanib, OITSga qarshi kurash bo’yicha faoliyat yurguzuvchi Kengaytirilgan tartibdagi tematik guruhning Milliy hamkorlar forumi sifatida qayta tashkil etilishida katta yordam ko’rsatdi.

 

UNAIDS O’zbekistonning nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasiga mamlakat doirasida OIVga qarshi kurashda NNTlar sa’y-harakatlarini birlashtirishga yaqindan yordam berdi va OIV masalalari bo’yicha NNT Forumini o’tkazishni qo’llab -quvvatladi. OIV bilan hayot kechirayotgan insonlarni ham mazkur epidemiyaga qarshi kurashga jalb etib, O’zbekistonning NNT Milliy Assotsiatsiyasi va boshqa hamkorlar bilan birgalikda tashabbuskor guruhlarning institutlashgan va professional salohiyatini rivojlantirishga ko’maklashdi. Shu bilan bir qatorda UNAIDS MMT Kotibiyatiga moliyaviy resurslarini mobilizatsiya qilishda hamkorlarning ko’p-sektorlik ishtirokini ta’minlashda yaqindan yordam berdi.

 

Ichki va tashqi resurslarni mobilizatsiya qilish

 

2008-yilda UNAIDS OIV tarqalishiga qarshi kurash uchun resurslarni mobilizatsiya qilish sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlashni davom ettirdi. MMT Kotibiyati bilan yaqin hamkorlikda, UNAIDS Global Fondning 8-raundiga O’zbekiston talabnomasini ishlab chiqishga ko’maklashdi. UNAIDS asosiy sektorlar faoliyatiga, OIVga qarshi kurash masalasini integratsiyalashuvini BMTning Rivojlanish maqsadlarida yordam ko’rsatish bo’yicha dasturiga kiritilishiga yordam berdi. Shu bilan birga, UNAIDS ichki resurslarni mobilizatsiya qilishga qaratilgan harakatni rejalashtirish masalasi bo’yicha xalqaro mutaxassis yordamini ta’minlab berdi.

 

OITSga qarshi kurash bo’yicha milliy Kampaniya

 

2008-yilda UNAIDS xabardorlikni oshirish va OIV epidemiyasini davolash, parvarish etish, qo’llab quvvatlash va OIVning oldini olishga keng imkoniyatlar yaratish masalalari bo’yicha hamkorlikni davom ettirdi. UNAIDS OITSga qarshi kurash bo’yicha Milliy kampaniyani rejalashtirish va amalga oshirish faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi ko’p-sektorli ishchi guruhini qo’llab-quvvatlashdan tashqari, uning ishida ham yaqindan ishtirok etdi.

 

UNAIDS mazkur Kampaniyaning qator tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda. Shular qatorida OIV kasalligi bilan yashab kelayotgan bolalar va yoshlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan xayr-saxovat ko’rgazmasini keltirib o’tish mumkin.

 

 

Ma’lumot

 

2008-yilda UNAIDS o’zining milliy hamkorlarini OIVga doir zamonaviy, sifatli ma’lumot bilan ta’minlashga qaratilgan faoliyatini davom etdi.

 

Asosiy hamkorlar

 

Milliy hamkorlar:

 

• O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi

• Respublika OITS markazi

• O’zbekiston Respublikasi ayollar Kengashi

• «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati

• O’zbekiston NNT Milliy Assotsiatsiyasi

• Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash fondi.

 

Xalqaro hamkorlar:

 

• Markaziy Osiyoda OITSni nazorat qilish loyihasi

• "Sharq-G’arb" OITSga qarshi kurash jamg’armasi

• Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC)

• "Salohiyat" Loyihasi/USAID

• World Vision International.

 

Murojaat uchun ma’lumot:

 

O’zbekistonda UNAIDS Vakolatxonasi

O’zbekiston,Toshkentsh., 100000

Mustaqillik prospekti - 75

"Inkonel" Biznes markazi, 3-qavat

Tel/faks: +998 71 1203082/83/84

Veb-sahifa: www.unaids.org