UNODC
BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasi
(UNODC)
Asif Majid - UNODCning Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy Vakili vazifasini bajaruvchi
BMTning rezolyutsiyalari va Xalqaro konvensiyalar bilan muvofiq ravishda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasi(UNODC) giyohvand moddalarini, transmilliy uyushgan jinoyatchilikni va korrupsiyani nazorat qilish, shu bilan birga jinoiy sud ijrosini isloh qilish va terrorizm, odam savdosiga qarshi kurashish sohalarida A’zo davlatlarga BMT konvensiyasini bajarishga ko’mak berish maqsadida tuzulgan.
UNODCning Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy Vakolatxonalari noqonuniy giyohvand moddalar savdosi va iste’mol qilinishini kamaytirish, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash sohalarida, shu bilan birga terrorizmning oldini olish va terrorizm bilan bog’liq bo’lgan jinoyatlarni jazolashda Markaziy Osiyoning 5ta davlatiga yordam ko’rsatadi. Mintaqaviy Vakolatxona Toshkentda joylashgan bo’lib, Bishkek(Qirg’iziston), Dushanbe(Tojikiston), Ashhabot(Turkmaniston), Ostona va Olmata(Qozog’iston), Baku(Ozarbayjon) shaharlarida ham o’z ofislariga ega.
Aholisi 27 milliondan oshiq bo’lgan O’zbekiston, Markaziy Osiyodagi aholisi eng zich joylashgan davlat hisoblanadi va mintaqada barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. UNODC O’zbekistonda 1993-yildan boshlab davlat rivojlanishiga yordam bergan holda faoliyat yurutadi va aholi, ayniqsa. yoshlar sog’lig’ini saqlash, xavfsizligiga ta’sir etuvchi masalalarda yordam ko’rsatib kelmoqda.
Jinoyatchilik va odam savdosining oldini olish
UNODCning Mintaqaviy Vakolatxonasi odam savdosi bilan bog’liq bo’lgan jinoyatchilikning oldini olish, tergov olib borish va sud ijrosi maqsadidagi qonunni va huquqni muhofaza qiluvchi organlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. O’zbekistonda Milliy loyihalarni amalga oshirish doirasidagi odam savdosi bilan bog’liq jinoiy sud ishlari sohasida qonun buzilishining oldini olish choralarini mustaxkamlashga ko’mak beradi. Yuqoridagi barcha ishlar BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha Konvensiyasi va uni to’ldiruvchi odam savdosiga asosan ayollar va bolalar savdosi bilan bog’liq jinoyatchilikni oldini olish, jazolash bo’yicha Protokolga muvofiq olib boriladi.
Loyiha tadbirlari odam savdosi, shu bilan birga Mintaqaviy va Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash ,ma’lumotlar asosini yaratish bo’yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ va jinoiy sud ijrosi xodimlarini har tomonlama o’qitish, odam savdosiga qarshi kurashda qonunchilikni mustaxkamlashga yo’naltirilgan davlatning urunishlarini qo’llab quvvatlashni nazarda tutadi.
Terrorizmning oldini olish
UNODC BMT protokol va konvensiyalarini ratifikatsiyasi va amalga oshirishda, BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash Rezolyutsiyasiga muvofiq O’zbekiston hukumatiga terrorizmga qarshi kurashishning huquqiy tizimini mustaxkamlashga ko’mak beradi.
UNODC tomonidan terrorizmning oldini olish sohasiga yordam berishiga, terrorizmga qarshi kurash, texnik yordam(qonunlar, qonun bo’yicha ma’lumotnoma) vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish, kelajakda milliy qonunchilikka kiritish mumkin bo’lgan qonun loyihalarini ishlab chiqishga ko’mak berish bilan shug’ullanuvchi jinoiy sud ijro institutlari va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining huquqiy bilim asoslarini oshirish ham kiradi.
Huquqiy ko’mak
Yuqorida keltirilib o’tilgan muammolarni bartaraf etish uchun samarali huquqiy va institutsional asos talab etiladi. Shu maqsadda UNODC BMTning giyohvand moddalar, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va terrorizmga qarshi kurash bo’yicha Konvensiyasiga muvofiq ravishda qonunchilik siyosati va infrastrukturasini rivojlantirish bo’yicha ekspert tavsiyalarini beradi.
BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasi milliy hamkorlarni quyidagilarni bajarishda qo’llab quvvatlaydi: OIVni davolash va profilaktika qilish, narkomaniyani oldini olish bo’yicha strategiya ishlab chiqishda; giyohvand moddalar aylanmasining oldini olish va jinoyatchilarni tA’qib qilish, jinoyatchilar daromadlarini yo’q qilish sohalaridagi qonunlarni ishlab chiqishda; Konvensiyalarga muvofiq ravishda qonunchilikni olib kirish bilan bir qatorda UNODC yuqoridagi konvensiyalar maqsad va vazifalarini chuqur tushunish maqsadida qonun ishlab chiqish faoliyatida qatnashadigan jinoiy adliya ishchilari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga ta’lim beradi.
Afg’onistonda noqonuniy afyun aylanmasi bilan bir qatorda giyohvand moddalar va OIV/OITS profilaktikasiga talabning tushishi O’zbekistonda qon orqali yuqadigan OIV kasalligi va boshqa infeksiyalarning tarqalishiga olib keluvchi ineksion giyohvand moddalarlar, narkomaniyaning o’sishiga olib keldi. OIV va narkomaniya muammoasini bartaraf etish maqsadida, UNODC ineksion giyohvand moddalar istemolchilarida OIVning tarqalishini kamaytirish va joylarda xalqaro konvensiyalar va UNODC mandatiga muvofiq ravishda erkinlikdan mahrum qilish, giyohvand moddalarga bog’lanib qolgan insonlarga ko’mak berish va davolashda xizmatlar ko’rsatish, narkomaniya profilaktikasi sohasida milliy salohiyatni oshirish bo’yicha dasturlarni boshladi. Bu sohadagi o’quv dasturlari xodimlarga keng xizmat turlarini ko’rsatish va ishlab chiqishdagi ekspertiza va imkoniyatni yaratib beradi. Bularga quyidagilar kiradi:
1. giyohvand moddalar istemolchilari orasida qon orqali yuquvchi OIV va boshqa infeksiyalar profilaktikasi sohasida tushuntirish ishlarini olib borish va
2. giyohvandlik moddalariga bog’lanib qolgan insonlarni davolash.
Bundan tashqari, UNODC asosan yoshlar orasida narkomaniya va OIV infeksiyalar profilaktikasi uchun chiqarilgan o’quv qo’llanmalarini tayorlashda ko’mak va ta’lim beradi.
Ma’lumotlarning samarali tahlili
UNODC o’z faoliyatida OAV, mutaxassislar va hukumatga suyangan holda giyohvand moddalariga bog’lanib qolganlar soni va moyillik tahlili bo’yicha ma’lumotlar, giyohvand moddalar tadqiqotlariga asoslangan holda hisobotlar chiqaradi. Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy Vakolatxona to’plangan bilimlarga asoslangan holda strategik tahlilga hissasini qo’shib ekspertizani maksimal darajadagi sifatga chiqardi.
Giyohvand moddalariga bo’lgan taklifni qisqartirish
Afg’onistonda yetishtiriladigan geroinning salmoqli qismi tranzit yo’llari orqali Markaziy Osiyodan o’tadi. UNODC O’zbekistonga shunday noqonuniy savdoning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga ko’mak berish maqsadida noqonuniy giyohvand moddalar aylanmasiga qarshi kurash sohasida chegara nazoratini mustahkamlash va ularning tezlik salohiyatini oshirishda milliy huquqni muhofaza qilish boshqarmalariga yordam beradi. Loyiha doirasida xalqaro va milliy giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi kurash sohasida O’zbekistonning oldida turgan ixtisoslikka xos bo’lgan muammolar bilan bog’liq mashg’ulot o’tkaziladi va jihozlar topshiriladi. Topshirilgan jihoz va o’tkaziladigan mashg’ulotlar mintaqaning boshqa davlatlari ishtirokidagi mintaqalararo operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. Bunday yordamga yaqqol misol sifatida Afg’onistonda qurilgan "Xayraton" Do’tlik ko’prigini olish mumkin.
Loyiha doirasida ko’prik zamonaviy texnika bilan jihozlandi, chegaradagi xodimlar ixtisoslashtirilgan jihozlar bilan ta’minlandi va savdoni mustahkamlash bilan birgalikda noqonuniy giyohvand moddalar aylanmasi ustidan kuchli nazorat o’rnatildi. Bundan tashqari UNODC O’zbekistonga giyohvand moddalar nazorati bilan shug’ullanuvchi Boshqarmalarda giyohvand moddalar aylanmasi bo’yicha tezkor ma’lumotlari tahlili milliy tizimini qo’shgan tarzda giyohvand moddalarlar va ularning tahlili haqida ma’lumotlarni yig’ish bo’yicha faoliyatini rivojlantirishda, shu bilan birga ma’lumot uzatish va yig’ish bo’yica Mintaqaviy Markazga davlatlarni qo’shish orqali yordam ko’rsatadi.
MOMIMM yoki to’liq aytganda "Markaziy Osiyoning mintaqaviy information va muvofiqlashtiruvchi markazi" mintaqadagi UNODC faoliyatining yana bir isboti hisoblanadi. Markaz Vazifalari Yevropa Ittifoqi huquqni muhofaza qilish boshqarmasi, Yevropol namunasida belgilangan bo’lib, ular ma’lumot tahlili va almashishga ko’mak berish, yana turli huquqni muhofaza qilish muassasalari-politsiya, giyohvand moddalar nazorati bo’yicha agentliklar, bojxona, chegarachilar va boshqa A’zo davlatlar xizmatlarini tezkor faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.
BMT Mintaqaviy Vakolatxonasining Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo’yicha byudjet loyihasi 2008-yilda 9 million AQSH dollarini tashkil qildi. UNODCning mintaqadagi dasturini qo’llab quvvatlovchi eng faol donorlari Avstriya, Finlyandiya, Italiya, Rossiya, Shvetsiya, Birlashgan Qirollik va AQSH hukumatlari, shu bilan birga NATO-Rossiya va Yevropa Komissiyasining Kengashi tomonidan taqdim qilingan. UNODC mintaqada giyohvand moddalar va jinoyatchilik bilan bog’liq turli muammolarni samarali yechish uchun BMTNing boshqa agentliklari(UNESCO, UNFPA, UNICEF va boshqalar), Evropada Xavfsizlik va Xamkorlik Tashkiloti (EXXT) va mahalliy hukumat bilan hamkorlik aloqalarini qo’llab quvvatlaydi.
Asosiy hamkorlar
Milliy hamkorlar:
• O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi
• O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
• O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati
• O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
• O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi
• O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
• O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
• O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi
• O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi
• Narkologik dispanserlar
• OITS markazlari
• O’zteleradiokompaniya
• FM-radiostansiyalari
• NNT
Xalqaro hamkorlar:
• Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD)
• Interpol
• Evropada Xavfsizlik va Xamkorlik Tashkiloti (EXXT)
• Kimyoviy qurollarni ta`qiqlash bo`yicha tashkilot
• Kontrterroristik qo’mitaning ijroiya direktorati/Kontrterroristik qo’mita
• Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi
• Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti
• MDH Aksilterror markazi
• BMTning Bolalar Jamg’armasi (UNICEF)
• BMTning Aholishunoslik jamg’armasi (UNFPA)
• BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti
• Jahon Banki
• UNAIDS
• BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD)
Murojaat uchun ma’lumot:
UNODC Mintaqaviy Vakolatxonasi
O`zbekiston,Toshkentshahri,
A. Qahhor ko`chasi, 30a-uy
Tel: (+ 998 71) 120 8050
Faks: (+ 998 71) 120 6290
Veb-sahifa: www.unodc.org/uzbekistan







