UNDP
Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi
(BMTTD)
Anita Nirodi - O’zbekistondagi BMT Vakolatxonasining Rahbari, BMTTD Doimiy Vakili
Tashkilot faoliyati
Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi BMTning rivojlanish sohasidagi global tarmog`idir. Taraqqiyot dasturi o`zgarishlar tarafdori bo`lib, aholining yashash tarzini yaxshilash maqsadiga qaratilgan bilim, tajriba va manbaalarni taqdim etadi. BMTTD 166 mamlakatda faoliyat yuritib, ularda butunjahon va milliy muammolarga mustaqil yechim topishga yordam ko`rsatadi. O`z salohiyatini rivojlantirishda mamlakatlar BMTTD va uning hamkorlarining tajribasiga suyanadilar.
BMTTDning O`zbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasi 1993 yil yanvar oyida ochilgan. Shundan beri BMTTD bu yerda mamlakat rivojlanishini kuchaytirish yo`lida faoliyat yuritmoqda. BMTTD hukumat, fuqarolik jamiyati va O`zbekiston aholisiga o`tish davrining ko`p sonli muammolariga bardosh berishda faol yordam ko`rsatadi. O`zbekiston aholisining farovon va buyuk kelajagiga erishish yo`lidagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni tadbiq qilish uchun zarur manbaalar, tajriba va bilimni qo`lga kiritishda BMTTD ko`plab davlat va nodavlat tashkilotlarni qo`llab-quvvatlaydi.
BMTTD 1993 yildan beri yuzdan ortiq loyihalarni amalga oshirgan. Ushbu loyihalar samarali qonuniy tizimning shakllanishiga, atrof muhitni muhofaza qilishga, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan zaruriy sharoitlar yaratishga hamda erkaklar bilan xotin-qizlar tenghuqusliligini ta’minlashga o’zining bevosita va uzoq muddatli tA’sirini ko’rsatdilar. Amalga oshirilgan loyihalarning umumiy byudjeti yuz million AQSH dollaridan ortiq mablag’ni tashkil etdi. Buning natijasida o’n minglab insonlar manfaatdor bo’ldilar.
Hozirgi paytda bizning tashkilot O’zbekiston hududida qirqdan ortiq loyihalarni amalga oshirmoqda. Shuning bilan bir qatorda BMTTD mamlakat hukumatining muhim hamkori va rivojlanish sohasidagi xalqaro tashkilotlar orasida asosiysi hisoblanadi.
Faoliyatimizning asosiy yo’nalishlari
BMTTDning ayni vaqtdagi mamlakat dasturi (2005-2009 yillar uchun) iqtisodiy va demokratik islohotlarni tezlashtirishda hukumatga yordam berishga qaratilgan. BMTTD quyidagi uch yo’nalish bo’yicha o’z faoliyatini olib bormoqda: iqtisodiy rivojlanish, atrof muhit va energetika hamda samarali boshqaruv.
Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi Inson rivojlanish konsepsiyasini qo’llab quvvatlash va rivojlantirish sohasidagi asosiy tashkilot hisoblanadi. BMTTD tomonidan har yili chop etiladigan "Inson rivojlanishi haqidagi ma`ruza" butunjahon va milliy darajada rivojlanish sohasidagi munozaralarga platforma sifatida xizmat qiladi. Ushbu mA’ruza hukumatga mavjud vaziyatning tahlilini va siyosiy tavsiyalarni taqdim etadi.
Iqtisodiy rivojlanish
BMTTDning iqtisodiy boshqaruv va farovonlikni oshirish bo’yicha harakatlarni qo’llab quvvatlashi iqtisodiy islohotlarning muhim sohalarida milliy salohiyatni yaratishga hamda rivojlanish, yangi ish o’rinlarini yaratish va iqtisodiy o’sishga yo’naltirilgan tashabbuslarni joriy etishga qaratilgan.
2006 va 2007 yillar mobaynida BMTTD farovonlikni yaxshilash va rivojlanish masalalari bo’yicha hukumat bilan konsultatsiya olib borish va dialog o’rnatish maqsadida bir necha tadqiqotlar va pilot loyihalarini tatbiq etish tashabbusi bilan chiqdi. BMTTDning 2007 yilgi faol ishtiroki natijasida hukumat 2008-2010 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli milliy rivojlanishning asosi sifatida to’liq hujjat - Aholi farovonligi darajasini oshirish strategiyasi (AFDOS)ni tasdiqladi.
Moliyaviy sektorni isloh qilish loyihasi doirasida mamlakatning moliyaviy tizimini takomillashtirish orqali va soliq qonunchiligini ratsionallashtirish, tatbiq etish yo’li bilan AFDOSni amalga oshirish uchun kerakli sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan doimiy faoliyat olib borilmoqda.
Xususan, 1 yanvar 2008 yilda kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi nashri qabul qilindi. Hukumatning tarmoqlararo strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish salohiyatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, BMTTD Iqtisodiy tadqiqotlar markazini yaratishda muhim ro’l o’ynadi. Ushbu markazning vazifasi O’zbekistondagi ishlohatlar jarayoniga tahliliy yordam ko’rsatishdan iborat.
Bundan tashqari, BMTTD o’zining MRM statistika loyihasi doirasida hamda MRMni mamlakat kontekstiga muvofiqlashtirish, milliy maqsadlar, vazifalar va vaqt ko’rsatkichlarini belgilash maqsadida hukumatga o’z statistik salohiyatini kuchaytirishda yordam ko’rsatmoqda. BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish haqidagi hisobot bilan bir qatorda sog’liqni saqlash, ta’lim va gender tengligi masalalariga doir bir qancha statistik byulletenlar chop etildi.
Bundan tashqari, BMTTD investitsiya va eksportni rag’batlantirish tashkilotini kuchaytirishda hukumatga yordam ko’rsatmoqda. Xususan, "O‘zinfoinvest" xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko‘maklashish milliy agentligining Investitsiyalarga ko’maklashish muassasalarining butunjahon asotsiatsiyasi (WAIPA)ga A’zo sifatida qabul qilinishi bu jarayonda muhim ro’l o’ynadi.
Atrof muhitni boshqarish va energetika
BMTTD atrof muhitni muhofaza etish va barqaror rivojlanish sohalarida hukumatga xalqaro majburiyatlarini bajarishda hamda ushbu sohalardagi masalalarning milliy rivojlanish dasturidagi integratsiyasini ta’minlashda yordam ko’rsatib kelmoqda. Bioxilmaxillikni saqlash, yerdan unumli foydalanish, yangilanadigan energiya manbalaridan foydalanish uchun yangi texnologiyalarni joriy etish maqsadida BMTTD Global Ekologik Fond (GEF) bilan yaqin hamkorlikda alohida e’tiborni qishloq aholisini kichik grantlar orqali qo’llab quvvatlashga qaratadi. Natijada bu harakatlar insonning atrof muhitga bo’lgan salbiy ta’sirining kamayishiga olib keladi.
Xususan, mamlakatda biosfera qo’riqxonasini yaratish natijasida 1 million gektardan ortiq yer himoya ostiga olindi. Natijada bu O’zbekistonda qo’riqlanadigan yer maydonining oshishiga, qo’riqlanadigan hududni boshqarish bo’yicha institutsional salohiyatning kuchayishiga olib keldi. Qishloq ahli esa rivojlanish uchun imkoniyatga ega bo’ldilar. Yangilanadigan energiya manbalaridan foydalanishdagi muvaffaqiyatli tajribaga asoslangan holda, BMTTD odamlar ehtiyojlariga samarador yechim topish maqsadida jamoa binolarida energiya tejash texnologiyalarini keng qamrovda ishlatishni olg’a surmoqda.
BMTTD O’zbekistonga Kioto protokoli doirasida o’z majburiyatlarini bajarishida yordam ko’rsatmoqda. Hozirgi paytda O’zbekiston BMTTD yordami bilan zararli gaz chiqindilari uchun kvota bozoriga kirishga muvaffaq bo’lib Sof rivojlanish mexanizmi (SRM) doirasida zamonaviy, ekologik toza energetik texnologiyalarni joriy etish uchun investitsiya olish huquqiga ega bo’ldi. Sof rivojlanish mexanizmi Markaziy Osiyo mintaqasida bu turdagi birinchi loyiha hisoblanadi.
Biz SRM loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida vakillik organlarni hozirda mavjud moliyaviy va information to’siqlarni yengishda qo’llab quvvatlaymiz.
Isroil Taraqqiyot va Xalqaro Hamkorlik bo’yicha MASHAV milliy agеntligi bilan hamkorlikda BMTTD O’zbekiston iqtisodiyotida muhim ro’l o’ynaydigan chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun xalqaro tajriba va texnik yordam ko’rsatmoqda. Xalqaro ekspertlar yordamida, BMTTD chorvachilik sohasini puxta tahlil qilib, fermerlarga chorva ko’paytirishning ilg’or usullarini, ozuqa yetishtirib berish va boshqaruvning boshqa ko’nikmalarini o’rgatmoqda.
Samarali boshqaruv
BMTTD milliy institutlar faoliyatining samaraligini ta’minlash maqsadida davlatni samarali boshqaruvga erishish dasturi doirasida yordam ko’rsatmoqda. Shu qatorda BMTTD aholining ma’lumotlar, ijtimoiy va huquqiy xizmatlarga yo’l ochishda o’z hissasini qo’shib kelyapti. BMTTD alohida e’tiborni ma’lumot va kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi, erkaklar va ayollar tenghuquqliligini ta’minlash hamda inson huquqlari himoyasiga qaratmoqda.
Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va ularni o’qitishda zamonaviy uslublarni joriy etish, qonun qabul qilish jarayonini yaxshilash, parlamentarizmni rivojlantirish yo’li bilan davlat boshqaruvini isloh qilish sohasida yordam ko’rstilmoqda.
Xususan, BMTTD inson rivojlanishi, erkaklar bilan xotin-qizlar tengligi va inson huquqlari, diplomatik va konsullik xizmati, boshqaruv, Mingillik rivojlanish maqsadlari, mahalliy boshqaruv va boshqa sohalarda ikki yuzdan ortiq davlat xizmatchilariga mo’ljallangan tayyorlav kurslarini tashkil etishda yordam berdi. O’tkazilgan tadbirlar natijasida, o’ndan ortiq qonun loyihalari ko’rib chiqildi va parlamentning saksondan ortiq deputatlarining malakasi oshirildi.
BTRDning yangi tashabbusi insonlarning nogironlik bilan ijtimoiy integratsiyasi muammosiga qaratilgan bo’lib, tegishli tashkilotlar bilan «hamma narsa bizning ishtirok bilan» shiori ostida yaqin hamkorlikda ish yuritmoqda.
Keng ijtimoiy aktsiyalar orqali BMTTD o’z e’tiborini stigmatizatsiya va nogironlik muammosining ijtimoiy "yopiqligiga" qarshi kurashga, nogiron insonlarning ijtimoiy struktura obyektlariga yo’l ochishga, hamda ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va mehnat bilan ta’minlash sistemasini yaratishga qaratadi.
Bizning hamkorlarimiz
BMTTD O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan donorlik institutlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi. Shulardan, BMT tizimiga qarashli agentliklar, xalqaro moliyaviy institutlar va ikkitomonlama yordam agentliklarini alohida ta’kidlash darkor. BMTTD o’zini ishonchli hamkor sifatida namoyon qilib, boshqa donorlik tashkilotlari - OIV/OITS, tuberkulyoz va malyariyaga qarshi kurash bo’yicha Global Fond (GFATM), Yevropa Ittifoqi va Global ekologik jamg’armasi orasida rivojlanish jarayonida vositachi ro’lini bajarib kelmoqda.
Milliy institutlar:
• O`zbekiston aloqa va axborot agentligi
• O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va Jamiyat Qurilishi Akademiyasi
• O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
• O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi
• Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi
• Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi
• Davlat statistika qo`mitasi
• Davlat soliq qo`mitasi
• Davlat bojxona qo`mitasi
• Vazirlar Mahkamasi
• Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
• Sog`liqni saqlash vazirligi
• Tashqi ishlar vazirligi
• Madaniyat va sport ishlari vazirligi
• Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
• Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
• Moliya vazirligi
• Iqtisodiyot vazirligi
• Adliya vazirligi
• O`zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo`yicha milliy markazi
• Oliy Majlis
• Savdo-sanoat palatasi
• Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
•Toshkentshahar va viloyatdagi hokimiyatlar
• Gidrometereologik xizmat markazi
Xalqaro hamkorlar
Elchixonalar:
• Fransiya elchixonasi
• Shveytsariya elchixonasi
• AQSH elchixonasi (AQSh Xalqaro Rivojlanish Agentligi USAID)
Xalqaro Tashkilotlar:
• Osiyo Tarraqiyot Banki
• Butunjahon Banki
• Yevropa tiklanish va taraqqiyot Banki (YTTB)
• Global ekologik jamg’arma (GEJ)
• OIV/OITS, tuberkulyoz va malyariyaga qarshi kurash bo’yicha Global Fond (GFATM)
• Xalqaro valyuta fondi (XVF)
• Xalqaro moliya korporatsiyasi
• Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)
• Yevropa Ittifoqi
• Yevropa/Yevrosiyo mahsus olimpiadasi
• Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)
Xalqaro nodavlat tashkilotlar
• Yevrosiyo jamg’armasi
• Orol dengizini qutqarish xalqaro fondi
Ikki tomonlama donorlik tashkilotlari
• Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)
• Turkiya xalqaro hamkorlik agentligi (TIKA)
• Shveytsariyaning rivojlanish va hamkorlik bo’yicha agentligi
• GTZ (Germaniya Texnik hamkorlik bo’yicha agentligi)
• Isroil taraqqiyot va hamkorlik bo’yicha milliy agеntligi (MASHAV)
Murojaat uchun ma’lumot:
O’zbekistondam BMT Taraqqiyot dasturi
O`zbekiston,Toshkentshahri, 100029
T. Shevchenko ko`chasi, 4-uy
BMTTD Vakolatxonasi
Tel: [998](71) 1203450
Faks: [998](71) 1203485
E-manzil: registry.uz@undp.org
Veb-sahifa: www.undp.uz





