BMT va O'zbekiston
Kerakli manbalar
Kuzatib boring

BMT matbuotda

UNDAF MMT

Mamlakat miqyosidagi tahlil (MMT) - milliy rivojlanish holati va davlatning MRMda va boshqa xalqaro hujjatlarda belgilangan vazifa va majburiyatlarini bajarish borasida amalga oshirilayotgan asosiy natijalarni tahlil qiluvchi BMT tizimida umum qabul qilingan vosita hisoblanadi.

 

BMTning rivojlanish maqsadlarida yordam ko’rsatish bo’yicha hadli dasturi (UNDAF) - BMT tizimiga kiruvchi agentliklarning strategik dasturi hisoblanadi. Mazkur dastur mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan BMT tizimi agentliklarining milliy rivojlanish ustuvorligiga qaratilgan javobi hisoblanadi. Ihtisoslashgan va mamlakatda doimiy vakolatxonasi bo’lmagan agentliklar BMTning taraqqiyot guruhi ijroiya qo’mitasining «barkamollashgan dasturiy sikli»dan foydalanmasligidan qat''iy nazar, bu ularning UNDAF doirasidagi yaqin hamkorlik qilishiga to’siq bo’lmasligi lozim. Ularning kutilayotgan dasturiy yoki loyihaviy faoliyati va byudjet badallari imkoni boricha UNDAFning asosiy rejalashtirilgan natijalari bilan bog’liq bo’lishi lozim.

 

UNDAFning 2010-2015 yillarga mo’ljallangan asosiy nizomi

 

BMTning rivojlanish maqsadlarida yordam ko’rsatish bo’yicha hadli dasturi (UNDAF) O’zbekistonga mamlakat rivojlanishining ustuvor yo’nalishlarini aniqlash borasida ko’maklashishning eng samarali yo’llarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan tahliliy va maslahatlashuv jarayoni mahsulidir. UNDAF Ming yillik deklaratsiyasi, 2008 - 2010 yillarga mo’ljallangan aholi farovonligini oshirish strategiyasi (AFOS) va boshqa muhim hujjatlarga asoslanib ish ko’radi. UNDAF mazkur hujjatlarni rivojlanishga oid faoliyatning yagona tizimiga birlashtiradi. BMTning O’zbekistondagi vakolatli barcha agentliklari esa 2010 - 2015 yillarda amalga oshiriladigan o’z tadbirlarini aynan mazkur tizimga muvofiq ishlab chiqadilar.

 

Mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshlikka erishish borasidagi intilishlari va O’zbekistonda Ming yillik rivjojlanish maqsadlariga (MRM) erishishning dolzarbligi hadli dasturni amalga oshirishning o’zaro to’rt bog’liq, o’ta ustuvor sohalarini aniqlash imkoniyatini berdi. Salohiyatni rivojlantirish konsepsiyasi BMT yuritayotgan har qanday faoliyatning tamal toshidir va aynan shu faoliyat inson huquqlariga amal qilish, jinslararo (gender) masalalarni hal etish va inklyuzivlik tamoyiliga asoslanadi.

To’rt ustuvor soha quyidagilardan iborat:

 

• Ehtiyojmand guruhlarga alohida e’tibor qaratilgan iqtisodiy farovonlik;

• Yuqori sifatli xizmatlardan foydalanishni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy ta’minot bo’yicha xizmatlar ko’rsatish tizimi;

• Atrof-muhit, bunda milliy siyosat va milliy dasturlarga barqaror rivojlanish tamoyillarining joriy etilishiga;

• Boshqarish, bunda markaziy va mahalliy miqyosda samaradorlikka erishish, inklyuzivlik va hisobdorlik kuchaytirilishiga alohida e’tibor qaratiladi

 

Barcha ustuvor yo’nalishlardagi faoliyatning asosi - aholining ehtiyojmand guruhlarga alohida e’tibor qaratishdan iborat. Bular - ijtimoiy ahvoli nochor guruhlariga, chunonchi, iqtisodiyoti nisbatan sust rivojlangan hududlar, asosan, qishloq joylarda yashovchi odamlarga; xotin-qizlarga, xususan, kasanachilarga; mehnat migrantlari va ularning oilalariga; ishsiz qolgan yoki malakasiga mos kelmaydigan mehnat bilan band bo’lganlarga; bolalarga, shu jumladan, xavfli guruhlarga mansub o’smirlarga; keksalarga; OIV/OITSga chalinganlarga; qochoqlar va nogironlardir. Ushbu jumlaga, shuningdek, gender masalalari, yoshlar, inson huquqlari; qonunchilikni takomillashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish; milliy madaniy merosni asrash; ekologiya va iqlim o’zgarishi; gender tengligi, turli yoshlar o’rtasidagi tenglik hamda xilma xillikni joriy qilish masalalari kiradi.

MRMga oid ma’lumotlardan keng xabardorlik borasidagi faoliyat ham UNDAF erishgan barcha natijalarga tayangan holda ko’rib chiqiladi.

 

BMT agentliklari va dasturlari MRMga erishish borasida alohida tajribaga egalar. BMT o’z qadriyatlari, global bilim zahiralari, ilg’or ish uslublariga asoslangan holda, O’zbekistonda ilgari olib borilgan faoliyat tajribasiga, betaraflik tamoyiliga, homiylar yordamini muvofiqlashtirish va ko’rsatilgan yordam bo’yicha hisobdorlikni rag’batlantirishga tayanib ish olib boradi. BMT O’zbekistonga mamlakatni demokratlashtirish va rivojlantirish borasida mavjud imkoniyatlardan yanada samaraliroq foydalanishda shu tariqa yordam ko’rsatishi mumkin.