BMT va O'zbekiston
Kerakli manbalar

BMT matbuotda

On The spotlight

MRM va Ommaviy Axborot Vositalari

 

Agar insonlar, oddiy aholi :"Biz Mingyillik Rivojlanish Maqsadlarining amalga oshirilishini xohlaymiz!" deyishni boshlasalar shundagina haqiqiy o'zgarish yuzaga keladi.

OAV xabarni  keng yoyish borasida kuchli quroldir. U kishilarning MRM ga munosabatlarini shakllantiradi, tahlil va ma'lumotlarning muhim manbai bo’lib xizmat qiladi.  U shaxslarning  fe'l atvorlaridan to  siyosiy jarayonlardagi o'zgarishдargaсha ta'sir o'tkazadi.

O'zbekistonda MRM ning milliy matbuoti (voqea hodisalari ) ni keng yoritiishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning Vakolat Tizimi quyidagilarga e'tibor qaratadi.

Jurnalistlar bilan ishlash (ular bilan bo'ladigan mashg'ulotlar):

• global MRM haqida bilimni oshirish, O’zbekistondagi milliy MRM va BMT vakolatxonalarining mas'uliyatli tarmoqlardagi faoliyati;

• Mingyillik Rivojlanish Maqsadlariga erishishda unga bog'liq MRM ning OAV dagi  ishtiroki sifatini oshirish;

• bo'lg'usi muloqotni yo'lga qo'yish orqali matbuot vakillari bilan aloqalarni shakllantirish va rivojlantirish;

• umum omma tarafidan MRM ning  qabul qilinishiga erishishdagi matbuotning o’rni va  BMT ni yuksaltirish borasida jurnalistlar bilan doimiy suhbatlarni davom ettirish.

Qo'shimcha  sifatida aytish mumkinki, mashg'ulotlar O'zbekistonda MRM matbuotini rag'batlantirish va yanada qiziqishni uyg'otish barobarida jurnalistlar o’rtasida  tanlovlar o’tkazish,  nomzodlarni tanlab olish ham  MRM faoliyatiga bo’lgan qiziqishning  yanada oshishiga xizmat qiladi.

TVda MRM  haqidagi turkum roliklarini yaratiladi va MIlliy TV kanallarida olib ko'rsatiladi. Bu tashabbusdan maqsad  Ming yillik taraqqiyot Maqsadlaridan axolining xabardorlik darajasini oshirib, olis shahar va qishloqlardagi  chinakam turmush tarzini namoyish qilish va 2015 yilga kelib uning yaxshi tomonga qanchalik o’zgarishi mumkinligini tasavvur qilishga ko’maklashish. TV roliklar jamoatchilik bilan aloqa o’rnatish, oddiy fuqarolarning, tashkilotlar, mahalliy hukumatning  bu ishlarga qanchalik hissa qo’shishi mumkinligini anglatishga ham xizmat qiladi.    

Bu tashabbusdan maqsad  Ming yillik taraqqiyot Maqsadlaridan axolining xabardorlik darajasinioshirib, olis shahar va qishloqlardagi  chinakam turmush tarzini namoyish qilish va 2015 yilga kelibuning yaxshi tomonga qanchalik o’zgarishi mumkinligini tasavvur qilishga ko’maklashish. TV roliklar jamoatchilik bilan aloqa o’rnatish, oddiy fuqarolarning, tashkilotlar, mahalliy hukumatning  bu ishlarga qanchalik hissa qo’shishi mumkinligini anglatishga ham xizmat qiladi.    

MRM haqida radioeshittirishlar tayyorlash. Bizning "Maqsadlarimiz -Kelajagimiz" degan asosiy chaqirig’imiz mamlkatdagi har bir xonadonga, har bir jamoat tashkilotiga kirib borishi kerak. Tayyorlagan syujetlarimiz orqali O’zbekiston axolisining  kundalik hayotini, ularning muammolarini yoritib boramiz.  Bu eshittirishlarda  turmush darajasining ko’tarilishi, ta'lim sifatining oshishi, gender tenglik, ona va bola saolmatligini yaxshilash, kasalliklarga qarshi kurashish va atrof muhit muxofazasi singari ko’plab masalalarga doir milliy taraqqiyot maqsadlari va ularga erishish yo’lida hukumat olib borayotgan chora tadbirlar aks etadi. Shuningdek, bu radioeshittirishlardan maqsad jamoatchilikning MRM haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Biz MRM ning Milliy Taraqqiyot jarayonidagi hissasini oshirish uchun u haqida har kuni maktablarda, oilalar,mahallalarda boshqa ma'muriy tashkilotlarda suhbatlar davomida ham ma'lumot berishga harakat qilamiz.

MRM ning umummilliy suratlar tanlovi 2005 yilning iyul-avgust oyylarida bo’lib o’tdi. Ushbu tanlov O’zbekistonlik foto ustalarining diqqat e'tiborlarini Mingyillik Taraqqiyot Maqsadlariga qaratish, bu yo’ldagi o’z qarashlarini keng ommaga yetkazishlari uchun tashkil qilindi. Tanlovda 200dan oshiq rangli va oq-qora tasvirdagi suratlar namoyish qilindi. MRM hayotining turli nuqtalarini o’zida aks ettirgan va bevosita bizning kundalik hayotimizni ifodalagan bu suratlar chinakam foto ustalari bilan birga xavaskor fotosuratchilar tomonidan ham taqdim etilgan. Hay'at a'zolari MRMning har bir yo’nalishiga oid eng yaxshi suratlarni tanlab oldi. Tanlov natijalariga ko’ra g’oliblarni taqdirlash marosimi 2006 yilning dekabrida bo’lib o’tdi.