MRM va Yoshlar
Quyidagi sahifada siz Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM) va Yoshlar kamolotiga bog’liq barcha ma’lumotlarni bilish imkoniga egasiz. Ayniqsa, jahon bo’ylab ko’pgina yoshlarning qashshoqlikni tugatish, aholi orasida savodxonlikni oshirish va sog’liqni saqlash borasidagi ishlari, atrof-muhitni himoya qilish yo’lida olib borayotgan jonbozliklari haqida bilib olasiz.
Nima sababdan MRM va Yoshlar?
• Yoshlarda Mingyillik Rivojlanish Maqsadlariga erishishga kuchli ishonch mavjud.
• Yoshlar MRM ning maqsadu niyatlariga ishonchni oshirishda bugungi va kelajak avlodlarning kuchli vakillaridir.
• Yosh avlod taraqqiyotga nafaqat o’z salohiyatlari bilan hissa qo’shadilar, balki o’z qobilyatlari ila munosib qarorlarni qabul qiladilar va bu yo’lda tengdosh do’stlarini ham jalb etadilar.
• Yoshlar MRM ning yuksak ahamiyatini oson anglay biladilar.
• Yoshlar mahalliy uyushmalar orqali MRMning tez fursatda muvaffaqqiyatga erishishini fa’mlaydilar.
• Yosh avlod MRM faoliyati va dasturini qo’llab-quvvatlaydigan harakatlarni tashkil eta oladi.
• Yoshlar bugungi kunda jahon rivojiga zid borayotgan da’vatlarda ham o’zlarining sof niyatlari, maqsadu g’oyalari ila taraqqiyot jarayoniga katta hissa qo’sha oladilar.
Yoshlar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) yoshlarga o’zlarining kelajak hayotlarini yo’lga qo’yish va maqsadlarini amalga oshirishga imkoniyat beradi. Qolaversa, ularning o’z yurtlari ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog’liq ga faoliyatlarini qo’llab quvvatlaydi.
Taraqqiyot jarayonida yoshlarning muhimligi 1965-yil Birlashgan Millatlarning A’zo Davlatlari tomonidan tinchlik g’oyalari, o’zaro Hurmat va millatlararo birdamlik Deklaratsiyasi qabul qilingan vaqtda tasdiqlandi.
BMT tashkil bo’lgandan buyon yoshlarni faol bo’lishga chorlab keladi. Hozirda, yoshlar ishtirokini BMT ning barcha jabhalarida kuzatish mumkin. BMT Vakolatxonalari yoshlarga mo’ljallangan va ular orqali ijro etiladigan turli dasturlarni tashkillashtiradi va harakatga keltiradi.
2000-yil BMT ga A’zo Davlatlar ochlikni bartaraf etish orqali oddiy xalqning yashash sharoitlarini yaxshilash, o’g’il bolalar va qizlarning ta’lim olishlari bo’yicha keng sharoitlarni ta’minlash, yuqumli kasalliklardan himoyalanish uchun sog’liqni saqlash sifatini oshirish va kelajak avlodlar uchun tabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan 8 maqsadni o’z ichiga olgan Mingyillik Deklaratsiyasini qabul qildilar. Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari barcha insonlar va aholining muhtoj qatlamlari uchun juda muhim. Bu Maqsadlar Birlashgan Millatlar A’zo Davlatlari uchun yangi taraqqiyot kun tartibini namoyon etish bilan birga bu jarayonda bo’lg’usi yosh yetakchilarning ishtiroki yanada muhim ekanligini ko’rsatadi.
Yoshlar harakati Umumjahon dasturi
Jamiyat taraqqiyoti yosh yigit-qizlarning birgalikdagi ishtirokiga bog’liq. Chunki, o’zaro tenglikkina zamonaviy dunyo va uning chaqiriqlariga javob berish imkonini beradi. Taraqqiyot jarayonida yoshlarning muhimligi 1965-yil Birlashgan Millatlarning A’zo Davlatlari tomonidan tinchlik g’oyalari, o’zaro Hurmat va millatlararo birdamlik Deklaratsiyasi qabul qilingan vaqtda tasdiqlandi.
Xalqaro Yoshlar Yilining 10 yilligi nishonlangan 1995-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti yosh avlodga bo'lgan ishonchi va birdamligini kelgusi mingyillikdagi yoshlar chaqiriqlariga nisbatan xalqaro uyushmalarning javobini yo'llash orqali mustahkamladi. Tashkilot 2000-yil va undan keyinga mo'ljallangan yosh erkak va ayollar muammolarini samarali hal qilish va ularning jamiyatdagi ishtirokini yuksaltirishga qaratilgan Yoshlar harakati Umumjahon dasturini qabul qildi. Bu Dasturning vazifasi yoshlarning yaxshiroq yashashga bo'lgan xohish -istaklariga hukumatlarning mas'ulligini oshirish, yoshlarga muammoning bir bo’lagi bo’lib emas, balki, uni echuvch kuch bo’lish afzalligini uqdirishdan iborat.
Yoshlar harakati Umumjahon dasturi quyidagi asosiy yo’nalishlarga ega:
1. ta’lim;
2. bandlik;
3. ochlik va Qashshoqlikka qarshi kurash;
4. salomatlik;
5. atrof-muhit muhofazasi;
6. giyohvandlik muammosi;
7. o’smirlar huquqbuzarligi;
8. qizlar va yosh ayollar;
9. bo’sh vaqtni foydali o’tkazish;
10. jamiyat hayotida yoshlarning qaror qabul qilishdagi to’laqonli va faol ishtiroki.







