BMT va O'zbekiston
Kerakli manbalar
Kuzatib boring

BMT matbuotda

Kanal Yoqasidagi o'ylar. Yoxud suv faqat salomatlik uchun kerakmi?

17 Yanvar 2012

Suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimlari shuningdek asosiy xizmatlar nafaqat aholining salomatligini balkim atrof muhit va turmush darajasini yaxshilashga ulush qo’shadi.

“Zarafshon daryo havzasi uchun suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish va tejash rejasi” loyihasi (SRIB) BMTning Taraqqiyot Dasturi va Coca-Colaning “Har bir tomchi suv bebaho-ii” Mintaqaviy suv hamkorligining tashabbusida ishtirok etdi. Ushbu tashabbus suv resurslarini mahalliy aholi ishtirokida boshqarishni yolga qo’yish va iqlim o’zgarishlariga moslashishga qaratilgan loyihalarni qo’llab quvvatlaydi. SRIB loyihasi tomonidan taqdim etilgan aholining xavfsiz ichimlik suvi va sanitariya xizmatlari bilan ta’minlanganligini oshirishga qaratilgan taklif 74, 970 AQSH dollari hajmidagi mablag’ni qo’lga kiritdi. Jalb qilingan mablag’ yangi “Zarafshon daryo havzasi aholisini xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlash va sanitariya xizmatlarining holatini yaxshilash uchun suv boshqaruvining samaradorligini oshirish” kichik loyihasini amalga oshirish uchun zamin yaratib berdi.

Bu kichik loyiha Samarqand viloyati, Pastdarg’om tumanida Eski Anhor kanali bo’yida joylashgan Kanal Yoqa qishlog’ining misolida xavfsiz ichimlik suvi ta’minoti tizimi va sanitariya xizmatlarini ta’minlashning modellarini sinab ko’radi. Kanal Yoqa qishlog’ida 776 ta aholi va 150 uy ho’jaliklari mavjud. Aholining taxminan yarmini 0-18 yoshgacha bo’lgan bolalar hamda 60 yoshdan oshgan kishilar tashkil qiladi.

Kanal Yoqa qishlog’ining ayollari ichish, ovqat tayyorlash, kir yuvish va boshqa ehtiyojlari uchun qo’lbola quduqlarning suvidan foydalanishadi. Xavfsiz ichimlik suvining etishmasligi mahalliy aholi sog’ligi va turmush darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda va shu sabab ustuvor masala bolib hisoblanadi. Mazkur kichik loyiha aholini xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlovchi barqaror suv ta’minoti tizimini qurishda ko’mak beradi. Mahalla aholisi loyihaning boshlanishidanoq uning bajarilishida ishtirok etish niyatlarini namoyish etishdi.

BMTning Taraqqiyot Dasturi mahalla aholisi bilan birgalikda ularning ehtiyojlarini chuqurroq o’rganish maqsadida Kanal Yoqa qishlog’ining ijtimoyiy, iqtisodiy, atrof muhit va gender masalalari bilan bog’liq sharoitini o’rganib chiqdi. Mahallaning eng keksa a’zosi 90 yoshli Islom buva Ne’matov ishtirokida BMTning Taraqqiyot Dasturi va mahalla aholisi aniqlangan xulosalarni muhokama etish va suv ta’minoti tizimini qurish uchun keyingi harakatlarni rejalashtirish borasida yig’ilish o’tkazdi. Mahalla aholisini safarbar etish orqali BMTning Taraqqiyot Dasturi ularning barcha fikrlarining inobatga olinishini ta’minlamoqda.

Suv ta’minoti tizimini to’xtovsiz ishini va uning barqarorligini ta’minlash uchun BMTning Taraqqiyot Dasturi qishloq ichimlik suvi ist’emolchilarining uyushmasini tuzishda ko’mak beradi. Suv ta’minoti tizimini boshqarishda ayollar asosiy rol o’ynashi kutilmoqda va ushbu tashabbus orqali ular o’z kuchlari bilan hayot uchun muhim bo’lgan suv tizimini boshqarish va uni ishlatishga oid bebaho tajribaga ega bo’lishadi. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishi nafaqat Kanal Yoqa balkim qo’shni 5ta qishloqlar aholisining salomatligi va yashash sharoitlarining yaxshilanishiga olib keladi.

SRIB loyihasi tomonidan Kanal Yoqa qishlog’ining tajribasi olingan xulosalar va eng yaxshi amaliyotlar bilan bir qatorda Zarafshon daryosi havzasi miqyosida umumiylashtiriladi.

Muallif haqida

Laylo Fotikh

Communications Associate, UNDP Uzbekistan